Tavsif
Ushbu dastur ingliz tilidagi suhbat jarayonlarida amaliy muloqot ko’nikmalarini, to’g’ri talaffuz qilishni, tinglab tushunishni rivojlantirishga yordam beradi. Dastur orqali siz nafaqat ingliz tili darajangizni oshirishingiz, balki Amerikadagi hayot va madaniyat haqida ko’proq bilish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Dastur davomida “Alumni Exchange” almashinuv dasturi bitiruvchilari ikki turdagi ingliz tili kurslarini o’tkazadilar. Birinchi dastur “Language in Use” haftada 3 marta bir yarim soatdan bo’lib o’tadi, xuddi shunday ikkinchi dastur “TOEFLiBT Preparation Course” ham haftada uch marta bir yarim soatdan bo’lib o’tadi.