Tavsif
Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligining 30 yilligini nishonlash maqsadida Toshkentdagi Amerika Elchixonasi tomonidan GoViral Next30 dasturini eʼlon qiladi. Unga koʻra, 1991-yil va undan keyin tugʻilgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonda yashovchi yoshlar biznes, ommaviy axborot vositalari, madaniyat, texnologiyalar, fuqarolik jamiyati sohalarida erishga yutuqlarini 300 soʻzdan iborat insho shaklida yozib topshirishlari soʻraladi. Inshoda Markaziy Osiyo davlatlari sizning gʻoyalaringiz orqali qanday qilib soʻnggi 30 yillikda yana-da samarali rivojlana olishi haqida ham yozishingiz soʻraladi.
Insholarni saralab olishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
- Gʻoyalaringizni mamlakatingizga va mintaqaga taʼsiri;
- Tanlagan sohangizga qanchalik yangilik olib kirganligingizga koʻra;
- Media vositalari orqali taʼsir etish kuchiga qarab;
- Shu sohada kelgusida faoliyat yuritishni istagan yoshlarni ruhlantira olishiga koʻra saralab olinadi.
Tanlov gʻoliblari keyinchalik mintaqada boʻlib oʻtadigan barcha GoViral tadbirlariga qatnashishadi va kelgusi yilda Amerikada boʻlib oʻtadigan tadbirga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi. Shuningdek, tanlagan sohalari boʻyicha amerikalik eng kuchli mutaxassislar va innovatorlar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.