Toshkentdagi Amerika markazi tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Axborotni toʻgʻri baholash” onlayn kursi
O‘zbekiston O‘zbekiston
26 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Toshkentdagi Amerika markazi tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Axborotni toʻgʻri baholash” onlayn kursi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

American Center Tashkent axborot savodxonligi boʻyicha yangi bilimlarni egallamoqchi boʻlganlar uchun “Axborotni toʻgʻri baholash” onlayn kursini taklif etadi. Ushbu onlayn kursda axborot savodxonligi boʻyicha boshlangʻich bilimlarga ega boʻlgan barcha ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

Dasturdan koʻzlangan maqsad yoshlarni atrofimizda bizni oʻrab turgan axborotlarni toʻgʻri baholash hamda foydali va foydasizga ajrata olishni oʻrgatishdan iborat. “Axborotni toʻgʻri baholash” onlayn kursida ishtirokchilar maʼlumotlardagi noxolisliklarni aniqlash, yashirin reklamalarni payqash, axborotni tahlil qilish va tekshirishning turli usullari hamda boshqa koʻplab yangi bilimlarga ega boʻladilar.

Ushbu kurs 1-mart sanasidan boshlab 1 oy mobaynida haftada 2 marotaba “Zoom” platformasi orqali onlayn koʻrinishda boʻlib oʻtadi. Darslar oʻzbek tilida olib boriladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ushbu onlayn kursda axborot savodxonligi boʻyicha boshlangʻich bilimlarga ega boʻlgan barcha ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qabul qilinganlar ushbu 1 oylik kursda mutlaqo bepul ishtirok etadi;
  • Maʼlumotlardagi noxolisliklarni aniqlash, yashirin reklamalarni payqash, axborotni tahlil qilish va tekshirishning turli usullari hamda boshqa koʻplab yangi bilimlarga ega boʻladi;
  • Kurs onlayn tarzda haftada 2 marta Zoom platformasida boʻlib oʻtadi.

Kursning manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Kursda qatnashish uchun ushbu havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish lozim. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Toshkentdagi Amerika markazi tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Axborotni toʻgʻri baholash” onlayn kursi
26 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.