Tavsif
Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan "Python Online Learning" boshlang'ich dasturlash kursiga start berilmoqda. Unda 16 yosh va undan katta kodlashni oʻrganishga kuchli ishtiyoqqa ega O'zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Kurs 3 oy davom etadi va qatnashchilar saralash orqali qabul qilinadilar. Kurs davomida qatnashchilar Python dasturlash sintaksidan foydalanib Python dasturlash paketlari yordamida maʼlumotlar bilan ishlashni va maʼlumotlarni grafik tasvirlashni oʻrganadilar.
Onlayn kursning boshlanishida ishtirokchilar kichik jamoalarga biriktiriladilar va har bir jamoaga muayyan mavzu boʻyicha loyiha ustida ishlash tayinlanadi. Ishtirokchi jamoalar kursning yakunida oʻz loyihalarini taqdim qiladilar. Kurs jonli maʼlumotlarni vizuallashtirish, jumladan, COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq maʼlumotlar toʻplamlari bilan ishlashni oʻz ichiga qamrab oladi.
Kurs 17-avgustda boshlanib, har hafta chorshanba kuni Zoom orqali dars oʻtiladi. Darslar ikki soat davom etadi. Kurs ishtirokchilari uch guruhga boʻlinib, ular quyida belgilangan vaqtda Zoom darslarga kiradilar:
- 1-guruh soat 10:00 da
- 2-guruh soat 14:00 da
- 3-guruh soat 18:00 da
Arizalar 2022-yil 5-avgustgacha shu kuni ham qabul qilinadi.