Toshkentdagi Amerika markazidan ijtimoiy loyihalar uchun $6000 gacha grant — ACT Grants dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
19 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Toshkentdagi Amerika markazidan ijtimoiy loyihalar uchun $6000 gacha grant — ACT Grants dasturi

To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

AQSh Davlat departamentining Toshkentda joylashgan AQSh elchixonasi Xalq Diplomatiyasi Bo‘limi (Public Diplomacy Section (PDS)) American Center Tashkent (ACT) grantini e’lon qiladi. Dasturda jamiyatga foyda keltira oladigan loyihaga ega bo'lgan va unga sarmoya qidirayotgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. 

Topshirilgan loyihalar dastur bo'yicha belgilangan quyidagi mavzulardan birida bo'lishi lozim:

  • Ommaviy axborot vositalari erkinligi, qonun ustuvorligi va demokratik boshqaruvni ilgari suruvchi islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • O‘zbekistonning iqlim inqirozi oqibatlarini yumshatish harakatini mustahkamlash;
  • Barqaror, inklyuziv va adolatli bozorga asoslangan iqtisodiyotni ta'minlovchi iqtisodiy islohotlarni ilgari surish;
  • O‘zbekistonning demokratik boshqaruvini rivojlantirish.

Dasturda g'olib bo'lgan ishtirokchilarga 2000 dollardan 6000 dollargacha bo'lgan miqdorda grantlar ajratiladi. Ariza topshirish jarayoni 2024-yil 20-martgacha davom etadi. 

Dastur haqida ushbu havola (Grant frоm the American Center Tashkent bо'limini оchish kerak) orqali batafsil ma'lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda jamiyatga foyda keltira oladigan loyihaga ega boʻlgan va unga sarmoya qidirayotgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin;

Grant doirasida taqdim etilayotgan loyihalar quyidagi sоhalardan birini qamrab olishi zarur:

  • Media savodxonligi;
  • Fuqarolik jurnalistikasi;
  • STEM dasturlar;
  • Iqlim bо'yicha savоdxоnlik;
  • Munоzaralar.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda g'olib bo'lgan ishtirokchilarga 2000 dollardan 6000 dollargacha bo'lgan miqdorda grantlar ajratiladi. 

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni Tashkent-ACT@state.gov emailiga yuborish kerak:

Arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 20-martgacha davom etadi.

Eslatma! Ariza hujjatlarining toʻliq holda joʻnatilishi arizachining shaxsiy masʼuliyatidir. Toʻliq boʻlmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Dastur boʻyicha ariza va savollar ushbu havola orqali joʻnatilishi lozim. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Toshkentdagi Amerika markazidan ijtimoiy loyihalar uchun $6000 gacha grant — ACT Grants dasturi
19 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.