Toshkentdagi Amerika Markazidan onlayn kurs va loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun $1000 dan $8000 gacha bo'lgan grantlar dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
06 Iyn, 2021 · Muddat tugagan

Toshkentdagi Amerika Markazidan onlayn kurs va loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun $1000 dan $8000 gacha bo'lgan grantlar dasturi

To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Toshkentdagi Amerika Markazi onlayn loyihalarni qo'llab quvvatlash uchun grant dasturini e'lon qiladi.

Sizda jamiyatda ijobiy o'zgarishlarni amalga oshiradigan onlayn loyihangiz bormi? Siz orzu qilgan loyihani amalga oshirish uchun mablag' kerakmi? U holda, ushbu noyob imkoniyatdan foydalanib, American Center Tashkent (ACT) grantiga ariza topshirishingiz mumkin! ACT quyidagi loyihalarni $1000 dan $8000 dollargacha bo'lgan grant bilan qo'llab-quvvatlashga tayyor. 

Loyihalar quyidagi yo'nalishlardan birida bo'lishi kerak: 

  • Komputer va internet savodxonligi kurslari;
  • Ayollar diskussiya klubi;
  • Jamiyatda ayollar roli va imkoniyatlarini oshirish;
  • Munozaralar klubi (Debate clubs)
  • Digital storytelling;
  • Jurnalistika darslari;
  • Media savodxonligi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Loyihalar quyidagi yo'nalishlardan biriga mos tushishi: komputer va internet savodxonligi kurslari, ayollar diskussiya klubi, munozaralar klubi (Debate clubs), digital storytelling, jurnalistika darslari, media savodxonligi;
  • Loyihalar onlayn o'tkazilishi shart, oflayn loyihalar qabul qilinmaydi;
  • Loyiha grantga ariza bergan odam tomonidan shaxshan o'tkazilishi kerak. Ishchilar qabul qilishga ruxsat berilmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng yaxshi 6 ta loyiha $1,000 dan $8,000 gacha grant bilan mukofotlanadi

Topshirish jarayoni

  1. Hujjat topshirish uchun ushbu havola orqali ariza shaklini olishga so'rov yuborish kerak.
  2. Ariza shakli ingliz tilida to'ldirishi shart.
  3. Loyihani amalga oshirishdan aniq maqsadlar va vaqt rejasi ko'rsatilishi kerak.
  4. Loyihaga ketadigan xarajatlar aniq qilib AQSH dollarda ko'rsatilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

G'oliblar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

  1. Dastur yo'nalishlari va maqsadlariga qay darajada mos tushishi
  2. Arizaning umumiy sifati, maqsadlar va rejalar aniqligi
  3. Ariza beruvchi loyihani amalga oshirishga qay darajada qobiliyatli ekanligi
  4. Budjetning reallikka yaqinligi

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun tashkentact@gmail.com emailiga murojaat qiling. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

O‘zbekiston Toshkentdagi Amerika Markazidan onlayn kurs va loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun $1000 dan $8000 gacha bo'lgan grantlar dasturi
06 Iyn, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.