Toshkentdagi Amerika Markazidan "Prezident Debatlari Modeli" onlayn klubi
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Toshkentdagi Amerika Markazidan "Prezident Debatlari Modeli" onlayn klubi

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Toshkentdagi Amerika Markazi barcha qiziquvchilarni "Prezident Debatlari Modeli" onlayn klubiga taklif qiladi.

Agar siz prezidentlik munozaralarida ishtirok etish, o'z siyosiy bilimlaringizni namoyish etish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalaringizni oshirishni istasangiz, debatchilar klubi aynan siz uchun. 

Debat klubi ishtirokchilar uchun munozara va fikr almashish uchun maydon vazifasini bajaradi. Ishtirokchilar munozara va muloqot qilish ko'nikmalarini oshirish uchun turli qiziqarli va muhim mavzularda bahslashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Barcha sessiyalar Zoom platformasida onlayn tarzda tashkil qilinadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Klubda qatnashish uchun yosh va soha bo'yicha chegara qo'yilmagan;
  • Ariza formasida ingliz tilini bilish darajasini ko'rsatish kerak, lekin minimum talab mavjud emas

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Debat klubi ishtirokchilar uchun munozara va fikr almashish uchun maydon vazifasini bajaradi;
  • Ishtirokchilar munozara va muloqot qilish ko'nikmalarini oshirish uchun turli qiziqarli va muhim mavzularda bahslashish imkoniyatiga ega bo'lishadi

Topshirish jarayoni

  1. Ro'yxatdan o'tish ushbu forma orqali amalga oshiriladi.
  2. Ro'yxatdan o'tish payti:
    • So'ralgan shaxsiy ma'lumotlarni taqdim qilish;
    • Ingliz tilini bilish darajasini ko'rsatish;
    • "Nima uchun ushbu klubda qatnashmoqchisiz?" degan savolga javob berish kerak bo'ladi (ixtiyoriy)

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlangan barcha ishtirokchilar elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun actdebatingcourse@gmail.com elektron pochta orqali kurs o'qituvchisiga murojaat qilish mumkin

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Toshkentdagi Amerika Markazidan "Prezident Debatlari Modeli" onlayn klubi
09 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.