Toshkentdagi Koreya taʼlim markazidan koreys tilini oʻrganish uchun onlayn va oflayn shakldagi bepul kurs
Janubiy Koreya Janubiy Koreya
17 Avg, 2023 · Muddat tugagan

Toshkentdagi Koreya taʼlim markazidan koreys tilini oʻrganish uchun onlayn va oflayn shakldagi bepul kurs

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Toshkentdagi Koreya Taʼlim markazi 13 yoshdan katta boʻlgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari uchun 3 oy (2 semestr) davomida koreys tilini mutlaqo bepul oʻrganish imkoniyatini taqdim etadi. 

Kursga arizalar 2023-yilning 14-avgustdan 18-avgustgacha onlayn tarzda markaz saytida qabul qilinadi. 

Kursda ikki bosqichda oʻqitish uchun saralash oʻtkaziladi:

  • Koreys diasporasi uchun guruhlarda darslar rus tilida olib boriladi;
  • ONLAYN dars guruhlari: 1 bosqich (110-111), 2 bosqich (210-guruh), 3 bosqich (307-guruh);
  • Ushbu guruhlarga yakuniy imtihon jadvalga muvofiq Koreya Taʼlim markazida oʻtkaziladi.

Koreys tili kurslari 4-sentabrdan 15-dekabrgacha davom etadi. Darslar haftasiga 2 marta: dushanba-payshanba, seshanba-juma oʻtkaziladi.

Kurs haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 13 yoshdan katta boʻlgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin;
  • Viloyatda yashovchilar uchun kurs onlayn tashkil etiladi;
  • Kurslar oʻzbek va rus tillarida olib boriladi;
  • Kursda TOPIK, Sejong oʻquv markazidan olingan va boshqa koreys tili sertifikati borlar ham qatnashishi mumkin;
  • Onlayn oʻqimoqchi boʻlgan nomzodlar internet va kompyuterni erkin ishlata olishi hamda Telegram, Zoom platformalaridan bemalol foydalana olishi maqsadga muvofiq.

Eslatma: Faqat viloyat talabalari (1-bosqich uchun: 110, 111-guruh; 2-bosqich uchun: 210-guruh, 3-bosqich uchun 307-guruh) darslar ONLAYN tarzda oʻtkaziladi. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Kursda 1 semestr davomida koreys tilini o'rganish va sertifikat olish mumkin.

Topshirish jarayoni

2023-yil 14-18-avgustgacha 1–6 bosqich va “Koreya universitetlarida taʼlim” kursiga tinglovchilar www.tashkec.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadilar.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport / ID yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning JPG formatidagi skaner qilingan nusxasi;
  • Oxirgi 6 oy ichida olingan 3,5*4,5 sm (414*531pix) JPG formatidagi rangli fotosurat;
  • Koreys tili kursi sertifikatining skanerlangan nusxasi yoki TOPIK sertifikati nusxasi JPG formatida (2-6 bosqichlar uchun). 

Ariza berishda quyidagilarni tanlash mumkin:

  • 101-109, 121-guruhlar: taʼlim rus tilida;
  • 112-113-guruhlar: koreys diasporasi vakillari uchun;
  • 115-120-guruhlar: taʼlim oʻzbek tilida;
  • 110-111 guruhlar: ONLAYN taʼlim.

(1-semestr davomida oʻqish uchun atigi 100,000 soʻm badal toʻlash lozim).

Muhim: 1-bosqichda oʻqiydigan tinglovchilar kompyuterda qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlab olinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Kompyuterda qurʼa tashlash orqali tinglovchilarni aniqlash sanasi: 2023-yil 21-avgust (15:00);
  • 1-bosqichga qabul qilingan tinglovchilar roʻyxatlarini eʼlon qilish: 2023-yil 22-avgust (12:00).

Eslatma: Qurʼa tashlash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SORK tomonidan telefon orqali taqdim etilmaydi! Veb-saytdan natijalarni koʻrish lozim.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: 

+99871 291-81-82;

+99871 291-81-83.

Manzil: Toshkent, Mirobod tumani, Tallimarjon koʻchasi. Moʻljal: “Furqat” bogʻi; “Elektroapparat” zavodi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Koreys tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 13

  • Jins

    Erkak, Ayol

Koreya Toshkentdagi Koreya taʼlim markazidan koreys tilini oʻrganish uchun onlayn va oflayn shakldagi bepul kurs
17 Avg, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.