Tavsif
Toshkent shahridagi Piza universiteti filiali va “Imkon Uzbekistan” jamoat birlashmasi tomonidan “Metsenat” loyihasi doirasida umumiy 281,2 mln soʻm miqdoridagi taʼlim grantini taqdim qiladi. Grantning asosiy maqsadi oʻquv toʻlovlarini toʻlashga qiynalayotgan, ammo yuqori isteʼdod va salohiyatga ega boʻlgan, kam taʼminlangan 2 nafar talabaga moliyaviy yordam koʻrsatishdir. Shuning uchun ham nomzodlarning moliyaviy ahvoli va nogironligi hisobga olinadi.
Grant Toshkent shahridagi Piza Universiteti filialidagi quyidagi ikkita yoʻnalishga beriladi:
- Geologiya;
- Ekologiya.
Grant uchun saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- Onlayn ariza topshirish;
- Suhbat.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.