Tavsif
Toshkentdagi Webster universiteti tomonidan ommaviy axborot vositalari sohasida ishlaydigan professional jurnalistlar, muxbirlar, blogerlar, PR xodimlari, matbuot kotiblari va fotojurnalistlar uchun 9 oylik bepul ingliz tili kurslari. Kurslar davomida ingliz tilida gapirish, yozish, o'qish va tinglab tushunish malakalarini egallash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Boshlang'ich, o’rta va yuqori darajalariga ko'ra guruhlarga qabul davom etmoqda.
Arizalari qabul qilingan nomzodlar sentyabr oyining ikkinchi haftasida ingliz tili darajasini aniqlash uchun test va suhbatga taklif qilinadi. Darslar 2021-yil 18-oktabrda boshlanadi.