Tumar Venture Fund loyihasidan qiymati 500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan startaplar tanlovi
Qozog‘iston Qozog‘iston
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Tumar Venture Fund loyihasidan qiymati 500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan startaplar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Tumar Venture Fund (WHC Tech Ventures nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan) texnologik startap ekotizimini qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiyalar uchun arizalarni qabul qilmoqda.

Jamgʻarmaning maqsadi innovatsion, texnologik va IT-kompaniyalarni A, B, C bosqichlarida moliyalashtirish va rivojlantirishda yordam berishdan iborat. 

Tumar Venture Fund FinTech, E-commerce, EdTech, HealthTech, AgriTech, LogiTech va boshqa istiqbolli sohalarda qozoq va xorijiy startaplarga 50-500 ming AQSH dollarigacha sarmoya kiritadi. 

Tanlovda barcha davlat fuqarolari oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Tumar Venture Fund ICRAP tomonidan amalga oshirilayotgan va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Mahsulotli innovatsiyalarni ragʻbatlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Jamgʻarmaning boshqaruv kompaniyasi — ICRAP tomonidan Jahon banki tartiblari doirasida tanlov asosida tanlab olingan White Hill Capital Ltd. 

Jamgʻarmaning maqsadli hajmi 50 million dollargacha boʻlib, 8 yildan beri faoliyat yuritadi.

Tanlov haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Mazkur tanlovda barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin;
  • Dunyoning istalgan davlatida tuzilgan startaplar bilan ishtirok etish mumkin;
  • Startaplar BMT ning Barqaror Rivojlanish Dasturi qoidalariga va Qozogʻiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmasligi kerak;

Tanlovga yuborilayotgan loyiha quyidagi sohalardan birida boʻlishi kerak:

  • FinTech;
  • E-commerce;
  • EdTech;
  • HealthTech;
  • AgriTech;
  • LogiTech.

Muvofiqlik talablari (eligibility requirements) haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻolibi boʻlgan startap/kompaniyalarga 50-500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda investitsiya kiritiladi.

Tanlovning foydali jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda qatnashish uchun maxsus ariza shaklini toʻldirish kerak;
  • Ushbu havola orqali ariza shaklini toʻldirish mumkin.

Ariza shaklida quyidagi maʼlumotlarni yozish kerak:

  • Ism-familiya;
  • Telefon raqam, elektron manzil;
  • Kompaniya/startap nomi;
  • Kompaniyaning qaysi bosqichda ekanligi (pre-seed, seed, late-seed etc)
  • Kompaniya roʻyxatdan oʻtgan davlat;
  • Kompaniyaning oylik daromadi;
  • Jamgʻarmadan kutilayotgan investitsiya miqdori.

Tanlovga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Tumar Venture Fund jamgʻarmasi tomonidan oldin sarmoya kiritilgan kompaniyalar haqida ushbu havola orqali oʻqish mumkin;
  • Tanlov bilan bogʻliq qoʻshimcha savol va takliflarni info@whitehillcapital.org emailiga yuborish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qozog‘iston Tumar Venture Fund loyihasidan qiymati 500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan startaplar tanlovi
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.