Tumaris.Hack — Markaziy Osiyolik ayol-qiz dasturchilar uchun onlayn hakaton; umumiy mukofot jamgʻarmasi — $8000
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Okt, 2022 · Muddat tugagan

Tumaris.Hack — Markaziy Osiyolik ayol-qiz dasturchilar uchun onlayn hakaton; umumiy mukofot jamgʻarmasi — $8000

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Tumaris.Hack – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan boʻlgan qizlar uchun moʻljallangan onlayn tanlov. Uning doirasida ishtirokchilar mentorlar koʻmagida ikki kun davomida ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechishga moʻljallangan mahsulotlarning tajriba namunalarini ishlab chiqishi kerak. Loyihalar jamiyat va iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan boʻlishi, ilmiy va texnologik yangiligi bilan ajralib turishi va turli nizomlar asnosida ishlashi kerak.

Hakaton uchta yoʻnalishda oʻtkaziladi:

  1. FinTech (moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan yoki ushbu sohadagi muammolarni hal qiladigan ilovalar, veb-saytlar yoki samarali algoritmlarni ishlab chiqish);
  2. Elektron tijorat (elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar, ularning joriy etilishi onlayn sotuvlar hajmini oshirish, eksport hajmini oshirish hamda mahalliy va tashqi bozorlarda tovarlarni ilgari surishda yordam berishi kerak);
  3. DeepTech (sunʼiy intellekt, neyrotexnologiyalar, robototexnika va yangi materiallardan foydalangan holda mahsulotlarni ishlab chiqish).

Musobaqa 2022-yil 4-6-noyabr kunlari rus tilida onlayn formatda oʻtkaziladi.

Musobaqa haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Hakatonda ishtirok etish talablari:

  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan boʻlgan qizlar ishtirok etishi mumkin;
  • Hakaton rus tilida boʻlganligi sababli, ishtirokchilar rus tilini yetarli darajada bilishi lozim;
  • Musobaqada jamoaviy(3 kishidan iborat) yoki yakka tartibda ishtirok etish mumkin;
  • Loyihalar jamiyat va iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan boʻlishi, ilmiy va texnologik yangiligi bilan ajralib turishi va turli nizomlar asnosida ishlashi kerak.

Eslatma: 3 kishidan iborat jamoada ikkita ishtirokchi qiz boʻlishi yoki jamoani qiz boshqarishi kerak.

Musobaqa talablari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Hakaton mukofotning umumiy jamgʻarmasi $8000 (qimmatbaho sovgʻalar ko'rnishida)ni tashkil etadi.

Topshirish jarayoni

Hakatonda ishtirok etish uchun onlayn ariza toʻldirilishi lozim. 

Musobaqada jamoaviy(3 kishidan iborat) yoki yakka tartibda ishtirok etish mumkin. Eslatma: 3 kishidan iborat jamoada ikkita ishtirokchi qiz boʻlishi yoki jamoani qiz boshqarishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov USAID koʻmagida oʻtkaziladi. Hamkorlar: “Beeline Uzbekistan”, “TBC Bank” va “Huawei” kompaniyalari.

IT Parkga murojaat qilish uchun: info@it-park.uz.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Tumaris.Hack — Markaziy Osiyolik ayol-qiz dasturchilar uchun onlayn hakaton; umumiy mukofot jamgʻarmasi — $8000
31 Okt, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.