Turk tilini biluvchi talabalar uchun "Turk dunyosi yoshlar maktabi" dasturi

Turk tilini biluvchi talabalar uchun "Turk dunyosi yoshlar maktabi" dasturi

  • 13/05/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Turkiya Davlat
  • 27.05.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi
  • Yosh chegarasi
    27 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Türk Dünyası Gençlik Okulu — Turk dunyosi yoshlar maktabi dasturi Turkiya davlat universitetlari, institutlari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turk tilida olib boriladigan taʼlim dasturidir.

Dasturdan koʻzlangan maqsad qardosh xalqlarning talabalariga oʻz mamlakatlari uchun kerak boʻlgan malakali kadrlarni shakllantirishda yordam berish va ushbu mamlakatlarning Turkiya bilan har sohada aloqalarini rivojlantirishga hissa qoʻshishdan iborat.

Dastur 2022-yil iyun oyida boshlanishi va 1 oy davom etishi reja qilingan. Dastur doirasida oʻz sohasi boʻyicha malakali akademiklar va ziyolilar ishtirokida 1 oy davomida tarix, xalqaro aloqalar, sotsiologiya, madaniyat, sanʼat va shaxsiy rivojlanish kabi ijtimoiy fanlar boʻyicha turli seminarlar oʻtkaziladi. Dastur davomida talabalar berilgan mavzularni tahlil qilishlari va tanlangan yoʻnalish boʻyicha maqola yozishlari kerak boʻladi. Berilgan topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilar “Turk dunyosi yosh liderlar dasturi”da ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishlari va Turkiyaga bepul sayohat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, dastur talabalarning shaxsiy, kasbiy va intellektual rivojlanishiga, qolaversa, ularning madaniy bilimlarini boyitishga yordam beradi. Dastur orqali qardosh xalqlarning barcha yetakchi yoshlarini birlashtirish, shu bilan birga, turkiy xalqlar orasida o'zaro aloqalarni rivojlantirish reja qilingan.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Hozirda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston yoki Turkiya universitetlaridan birida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod turk dunyosining hozirgi va tarixiy rivojlanishiga nisbatan katta qiziqishga ega boʻlishi kerak;
  • 1995-yildan keyin tugʻilgan boʻlishi lozim;
  • Dasrlar turk tilida olib borilgani uchun turk tilini bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturda qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilar ushbu 1 oylik dasturda bepul ishtirok etishadi;
  • Oʻz sohasining mutaxassislaridan dars olish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Dasturda har bir davlatdan 25 nafardan ishtirokchilar qatnashishlari mumkin (dastur xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanishi reja qilingan);
  • Loyihani muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar Turkiyaning bir necha shaharlariga bepul sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritishlari mumkin.

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu ariza shaklini toʻldirish lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Hamkor universitetlar:

  • Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Qozogʻiston Ahmad Yassaviy turk-qozoq universiteti;
  • Qirgʻiziston Turkiya Manas universiteti
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: tdgo@ytb.gov.tr

Turkiya
Turk tilini biluvchi talabalar uchun "Turk dunyosi yoshlar maktabi" dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar