Tavsif
Turkiyaning nufuzli Koç universiteti bakalavr dasturida oʻqimoqchi va oʻqishini koʻchirib oʻtkazmoqchi boʻlgan xorijiy talabalarga Koç University Scholarships for International Students dasturi orqali talabalarning oʻqish pulini qisman va toʻliq qoplovchi grantlarni taqdim etadi.
Grant uchun alohida ariza yoki hujjat taqdim etish soʻralmaydi. Grant Koç universiteti bakalavr bosqichida oʻqish uchun hujjat topshirgan va oʻqishini koʻchirib oʻtkazmoqchi boʻlgan barcha xorijiy talabalar orasidan yuqori akademik salohiyat va kuchli potensialga ega iqtidorli nomzodlarning qisman (50%) yoki toʻliq (100%) oʻqish pulini qoplab beradi. Universitetda ta'lim ingliz tilida olib borilganligi sababli nomzodlardan SAT yoki ACT test ballari soʻraladi. Lekin IELTS va TOEFL sertifikatlari qabul qilinmaydi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʻlumot olish mumkin.