Turkiyada bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichini toʻla moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Turkiya Burslari grant dasturi. Turk tilini bilish talab etilmaydi

Turkiyada bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichini toʻla moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Turkiya Burslari grant dasturi. Turk tilini bilish talab etilmaydi

  • 10/01/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Turkiya Davlat
  • 24.02.2023 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

2023-2024-o‘quv yili uchun Turkiya Burslari grant dasturi barcha bosqichda: bakalavr, magistratura, doktaranturada to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyatini beradi. 

Ushbu grant dasturiga barcha davlar fuqarolari ariza yuborishlari mumkin, turk tilini avvaldan bilish talab etilmaydi. Agar nomzod turk tilini bilmasa, bir yil qo'shimcha til kursida o'qishi va C1 daraja olishi kerak, kurs puli ham dastur tomonidan qoplanadi. Agar nomzod turk tilini mukammal akademik darajada bilsa, til kursida qo'shimcha 1 yil o'qishi talab etilmaydi.

Dasturga topshirishdan avval nomzodlar o'zlariga mos yo'nalish va universitetni bu yerdan tanlab olishlari kerak. Shundan keyin dasturga ariza topshirish mumkin va arizani to'ldirish davomida tanlangan yo'nalish va universitet qayd etib o'tiladi

Grant dasturi, faqat xalqaro talabalarni qabul qilganligi sababli, turli davlatlardan kelgan xalqaro talablar bilan o'qish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Maqbullik shartlari

  • Hozirda va oldin ham Turkiya fuqarosi boʻlmagan barcha xalqaro talabalar, tadqiqotchilar ariza topshirishlari mumkin;
  • Bakalavr bosqichi uchun 21 yoshdan kichik va akademik koʻrsatkichlari eng kamida 70% boʻlishi kerak;
  • Magistratura bosqichi uchun 30 yoshdan kichik, doktorantura bosqichi uchun esa 35 yoshdan kichik nomzodlar qabul qilinadi, ushbu bosqichlar uchun akademik koʻrsatkichlari 75% dan yuqori boʻlishi kerak;
  • Nomzodlarning salomatlik darajasi ham a'lo bo'lishi lozim.

Dasturning maqbullik shartlari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Turkiya Burslari grant dasturi oʻqish pulini, turar-joy, borib-kelish aviachipta va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplaydi;
  • Shuningdek, har oy stipendiya beriladi: bakalavr talabalari uchun — 1000 TL ($53), magistratura uchun — 1,400 TL ($75), doktorantura uchun — 1,800 TL($96);
  • Grantni yutgan, ammo turk tilini bilmaydigan talabalar uchun 1 yillik til kursi oʻtiladi va kurs puli ham dastur tomonidan toʻlab beriladi;
  • Grantga ariza topshirish mutlaqo bepul.

Dasturning afzallik tomonlari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dastlab, nomzodlar ushbu link orqali roʻyxatdan oʻtib, oʻzlari haqlarida maʼlumot toʻldirishlari soʻraladi;

Maʼlumotlarni toʻldirgach, tanlagan yoʻnalishlari va oʻqish turiga qarab quyidagi hujjatlarni yuklashlari kerak:

  • Ushbu grant dasturiga topshirgunga qadar tamomlagan barcha taʼlim muassasalaridagi diplom yoki sertifikatlari;
  • Maktabda oʻqish davomida qilgan barcha jamoat xizmatlari roʻyxati (qanchalik faol boʻlgani);
  • Yuqori sinfda olgan baholari va natijalari;
  • Akademik litsey/kollejda olgan baholari va ularning natijalari;
  • Grantga topshirishdan maqsadi yoritilgan xat (Statement of purpose, Letter of Intent, Research proposal);
  • Pasport, fotosurat va NIC (Milliy Informatika Markazi);
  • Barcha akademik transkriptlar;
  • Diplom yoki bitirganligi haqida sertifikat;
  • Til testi va xalqaro imtihon natijasi (agar soʻralgan boʻlsa);
  • Tilni qanchalik bilish qobiliyati sertifikati (language ability certificate);
  • Sertifikat olgan oxirgi kursi haqida;
  • IELTS yoki shunga oʻxshash xalqaro imtihonlarda: GRE, GMAT, SAT olgan ballari va sertifikatlari (agar tanlagan universiteti va yo‘nalishida talab etilgan bo‘lsa);
  • Tavsiyanoma (yaxshi baholar olgan fan oʻqituvchilari tomonidan yozilishi maʼqul);
  • Ish tajribasi boʻlsa uni ham kiritib qoʻyish kerak.

Natijalarni eʼlon qilib borish quyidagi tartibda boʻladi:

  • Hujjat topshirish 24-fevralga qadar davom etadi;
  • Dastlabki saralash bosqichi natijalari Fevral oyi oxiridan May oyigacha eʼlon qilinadi;
  • Saralash bosqichidan oʻtganlarni Mart oyidan Iyun oyigacha intervyuga taklif qilinadi;
  • Natijalar Iyul oyida eʼlon qilinadi;
  • Iyul-avgust oylarida ketish uchun zarur hujjatlar tayyorlanadi;
  • Oʻquv yili 2023-yil sentyabr oyida boshlanadi.

Qanday talablarga ko‘ra baholanishi haqida bu yerda.

Hujjat topshirish jarayoni ketma-ketligi bu yerda aks etgan.

Eslatma: Ariza topshirish uchun oxirgi muddat 24-fevral, 2023-yil.

Quyida hujjat topshirish bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishishingiz mumkin:

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi manzillarga murojjat qilish mumkin;

  • Turkiya stipendiyalari aloqa markazi: 0 850 455 0 982
  • Elektron pochta: info@turkiyeburslari.gov.tr
  • Manzil: Oğuzlar Mah. Mavlono Bulvari No: 145 P.K: 06520 Balgat, ANKARA/TURKİYE

Muhim sanalar bu yerda.

Turkiya
Turkiyada bakalavr, magistratura, doktorantura bosqichini toʻla moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Turkiya Burslari grant dasturi. Turk tilini bilish talab etilmaydi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar