Turkiyada xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik xalqaro yoshlar forumi — YFGG 2026
Turkiya Turkiya
28 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Turkiyada xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik xalqaro yoshlar forumi — YFGG 2026

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Butun dunyo boʻylab yosh yetakchilar, innovatorlar va jamiyatda ijobiy oʻzgarishlar qilishni istaganlar uchun Turkiyada 4 kunlik xalqaro yoshlar forumi — YFGG 2026 (Youth Forum on United Nations Global Goals) taqdim etiladi.

Toʻliq moliyalashtirish uchun 25 ta, qisman moliyalashtirish uchun 35 ta, oʻz-oʻzini moliyalashtirish uchun 40 ta va forumga kirish uchun 50 ta oʻrin ajratilgan.

Dastur yoshlarni muloqot, diplomatiya va barqaror rivojlanish maqsadlariga mos amaliy harakatlar orqali qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan nufuzli xalqaro platforma boʻlib xizmat qiladi.

Istanbul shahrida oʻtkaziladigan ushbu xalqaro forum SDG (Barqaror rivojlanish maqsadlari), tinchlikni mustahkamlash va global rivojlanishga bagʻishlangan hisoblanadi.

Forumning maqsadlari:

  • Yoshlarning xalqaro miqyosda ishtirokini kuchaytirish;
  • Yoshlar tomonidan boshqariladigan barqaror rivojlanish yechimlarini rivojlantirish;
  • Madaniyatlararo tushunish va hamkorlikni yaratish;
  • Barqaror kelajak uchun yetakchilikni rivojlantirish;
  • Fuqarolik ishtirokini oshirish;
  • Yoshlarni umumiy harakat uchun birlashtirish.

Forum Turkiyaning Istanbul shahrida 2026-yil 27-30-aprel kunlari oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Millatidan qatʼiy nazar 15-45 yosh oraligʻidagi barcha qatnashishi mumkin;
  • Muayyan yoʻnalish boʻyicha bilimga ega boʻlish talab qilinmaydi;
  • Dasturda shaxsan qatnashish soʻraladi;
  • Talabalar, mutaxassislar, faollar, tadbirkorlar va tadqiqotchilar qatnashishi ragʻbatlantiriladi.

Saralash mezonlari:

  • SDG va barqaror rivojlanishga qiziqish;
  • Yetakchilik salohiyati va oʻzgarishlarga ochiqlik;
  • Tinchlikni oʻrnatish va global hamkorlikka qiziqish;
  • Ingliz tilini bilish tavsiya etiladi.

Maʼlumot uchun: SDG — bu Sustainable Development Goals, yaʼni Barqaror rivojlanish maqsadlari degani.

Bu maqsadlar 2015-yilda BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) tomonidan qabul qilingan boʻlib, 2030-yilgacha dunyoni yaxshiroq qilish uchun ishlab chiqilgan global reja hisoblanadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • CGAD tomonidan xalqaro sertifikat beriladi;
  • Xalqaro ekspertlar tomonidan seminar va treninglar oʻtkaziladi;
  • Istanbulning madaniyati bilan yaqindan tanishish;
  • Butun dunyo boʻylab ijobiy oʻzgarishlar qiluvchilar bilan aloqa oʻrnatish imkoniyati.

Dastur 3 xil usulda moliyalashtiriladi:

1.Toʻliq moliyalashtirish ($13,99):

  • Aviachipta uchun moliyaviy yordam beriladi;
  • Turar joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
  • Forum uchun materiallar va delegatlar uchun toʻplam bilan taʼminlanadi;
  • Madaniy almashinuv tadbirlari oʻtkaziladi;
  • Viza uchun yordam beriladi;
  • Sertifikat taqdim etiladi;
  • Barcha seminar va sessiyalarda qatnashish;
  • Global tarmoqqa kirish imkoniyati.

2.Forumga kirish ($199):

  • Ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
  • Forum uchun materiallar va delegatlar uchun toʻplam beriladi;
  • Madaniy almashinuv tadbirlari oʻtkaziladi;
  • Viza uchun yordam beriladi;
  • Sertifikat taqdim etiladi;
  • Barcha seminar va sessiyalarda qatnashish;
  • Global tarmoqqa kirish imkoniyati.

3.Oʻz-oʻzini moliyalashtirish ($499):

  • Turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
  • Forum uchun materiallar va delegatlar uchun toʻplam beriladi;
  • Madaniy almashinuv tadbirlari oʻtkaziladi;
  • Viza uchun yordam beriladi;
  • Sertifikat taqdim etiladi;
  • Barcha seminar va sessiyalarda qatnashish;
  • Global tarmoqqa kirish imkoniyati.

Muhim: Dastur tegishli elchixonaga yoki konsullikka yoʻnaltirilgan vizani qoʻllab-quvvatlash xatini taqdim etadi. Bu viza arizasini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi. Biroq vizani berish boʻyicha yakuniy qaror faqat tegishli elchixona yoki konsullikka tegishli ekanligini unutmaslik kerak.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar quyidagi toifalardan birini tanlab ariza topshirishlari mumkin:

Ariza topshirish bosqichlari:

  1. Dastur turi tanlanadi (toʻliq moliyalashtirish, qisman moliyalashtirish, forumga kirish va oʻz-oʻzini moliyalashtirish).
  2. Onlayn ariza shakli toʻldiriladi.
  3. Ariza toʻlovini amalga oshiriladi:
    1. Moliyalashtiriladigan toifalar uchun: $13,99;
    2. Kirish yoki oʻzini moliyalashtiradigan toifalar uchun: $199/$499.
  4. Toʻldirilgan ariza tekshirib chiqiladi va yuboriladi.
  5. Agar nomzod tanlansa tasdiq xabari va tayyorgarlik materiallarini qabul qiladi.

Eslatma: Ariza uchun toʻlovlar qaytarilmaydi va u nomzodning tanlab olinishini kafolatlamaydi.

Ariza toʻlovini amalga oshirishda xizmat haqlari (QQS va xizmatni qayta ishlash toʻlovi) uchun qoʻshimcha $2,99 olinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Turkiya Turkiyada xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik xalqaro yoshlar forumi — YFGG 2026
28 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.