Tavsif
Turkiyaning eng nufuzli xususiy universitetlaridan biri — Bilkent universitetida magistratura bosqichini turli sohalarda davom ettirishni istagan xorijiy talabalar uchun stipendiya dasturi. Ushbu dastur talabalarni 90% moddiy yordam bilan taʼminlaydi.
Dastur tomonidan talabalarning oʻqish toʻlovi va turar-joy xarajatlari uchun yordam beriladi. Stipendiya berishda talabalarning irqi, millati va etnik kelib chiqishidan qatʼi nazar akademik yutuqlari va oʻqish davomida koʻrsatgan natijalari hisobga olinadi.
Bilkent universitetida mavjud yoʻnalishlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. Barcha yo'nalishlar ingliz tilida o'qitiladi. Taklif qilinayotgan yo'nalishlar esa 30 dan ziyod. Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 2-fevraldan 12-iyulgacha davom etadi.