Tavsif
Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICYF), IT Valley hamda Presidency of the Republic of Türkiye Investment Office oʻrtasidagi hamkorlik tashabbusi bilan Xalqaro inkubatsiya markaziga (IIC) qabul boshlanganini eʼlon qiladi.
Yiliga ikki marta Xalqaro inkubatsiya markazida tashkil qilinadigan ushbu dastur oʻz startap loyihasiga ega yosh tadbirkorlar uchun 6 oylik oʻquv dasturlarini taklif qiladi. Ushbu noyob imkoniyat orqali ishtirokchilar tegishli tadbir va sammitlardan iborat treninglarda qatnashishadi va oʻz startaplarini xalqaro auditoriga namoyish qilish imkoniga ega boʻladilar.
Dastur quyidagi yoʻnalishdagi startaplarga jahon bozoriga chiqish imkoniyatini beradi:
- Fintech;
- Micro Mobility;
- Sportstech;
- Remote Working;
- Games & Applications;
- Robotic Delivery;
- Cloudtech & DevOps;
- Aggrotech;
- Cybersecurity;
- Edtech;
- Big Data;
- Smart Cities;
- Spacetech;
- Healthtech;
- E-commerce;
- Mobility Tech;
- Nanotech;
- Foodtech;
- Insurtech;
- Climate Tech;
- Software as a service (SaaS);
- Biotech;
- Smart Logistics;
- Internet of Things (IoT).
Maʼlumot uchun: Xalqaro inkubatsiya markazi (IIC) muvaffaqiyatli biznesga aylanishi mumkin boʻlgan innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlovchi ekotizimni yaratish orqali butun dunyo boʻylab intiluvchan tadbirkorlarni tarbiyalash va kuchaytirish uchun moʻljallangan platformadir. Dastur yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsiyalar, treninglar, startap va tadbirkorlik imkoniyatlarini kuchaytirish hamda Islom hamkorlik tashkiloti va undan tashqarida startap ekotizimlarini qurishda ishtirok etishga qaratilgan. Markaz kuchli innovatsion yechimlarni taklif etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.