Tavsif
Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan Bilkent universiteti iqtidorli va akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xalqaro talabalar uchun grant dasturini eʼlon qiladi. Bilkent universiteti dunyo miqyosida yuqori reytinglarni (2024 QS reytingiga koʻra 502-oʻrin) egallab kelayotgan universitetlardan biri hisoblanadi. Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar ularning akademik koʻrsatkichlariga qarab saralab olinadi. Shuningdek, dastur ingliz tilida olib borganligi sababli ulardan xalqaro til bilish sertifikati ham talab qilinadi. Nomzodlarga universitet kontrakt pulini toʻlash uchun toʻliq hamda qisman grantlar ajratiladi. Baholash mezonlariga tayangan holda ularning 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi.
Bilkent universitetining 2024-2025-yil kuzgi semestr uchun qabul jarayoni 2024-yil 5-fevraldan 12-iyulgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.