Tavsif
Young Leaders Union Paris 2025 dasturi 2025-yil 1-4 noyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadi. Bu turli sohaning yosh vakillarini birlashtirib boshqaruv, maʼmuriyat, tadbirkorlik, taʼlim turizmi, BMTning barqaror rivojlanish gʻoyalari va jamoat loyihalari kabi global masalalarni yechishga moʻljallangan loyihadir.
Dasturda turli davlatlardan, kelib chiqishi turlicha boʻlgan yoshlar, talabalar, mutaxassislar, tibbiyot sohasi vakillari, yoshlar himoyachilari, siyosatchilar, trenerlar, huquqshunoslar, tinchlik elchilari, tadbirkorlar, ijtimoiy faollar, volontyorlar va yosh yetakchilar ishtirok etishlari mumkin.
Dastur ishtirokchilarning xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplab beradi. Qolaversa, nomzodlar oʻz hisobidan qatnashish huquqiga ham ega. Ishtirokchilar loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy koʻmak olish, loyiha davomida oʻzaro fikr almashish, siyosatni shakllantirish, turli soha mutaxassislari bilan muloqotda boʻlish, fikr almashish hamda Buyuk Britaniyada ishlash imkonini ham qoʻlga kiritishadi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2025-yil 10-avgustgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.