Turli soha vakillari uchun Gruziyada barcha xarajatlari qoplanadigan OSCE school va Model OSCE Conference dasturi
Gruziya Gruziya
27 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Turli soha vakillari uchun Gruziyada barcha xarajatlari qoplanadigan OSCE school va Model OSCE Conference dasturi

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Gruziyaning Tbilisi shahrida OSCE (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) tomonidan ikki tadbir tashkillashtirilmoqda. Tadbirlar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz yoshlari uchun moʻljallangan boʻlib, ular quyidagicha:

  1. OSCE School- 2024-yil 15-17-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. U bir qator brifing va interaktiv seminarlarni oʻz ichiga oladi. Tadbirda OSCE tashkilotining xavfsizlik masalalari boʻyicha yondashuvi tahlil qilinib, amaliyotchilar va OSCE rasmiylari bilan ochiq munozaralar ham boʻladi.
  2. Model OSCE Conference- 2024-yil 18-21-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Tadbirning maqsadi OSCE tashkiloti qabul qilish jarayonida simulyatsiya mashgʻulotlari orqali muzokaraga erishish va kelishuv qobiliyatlarini rivojlantirishga eʼtibor qaratilgan.

Dasturda 18-29 yosh oraligʻidagi ingliz tilini biladigan xalqaro munosabatlar, siyosat, huquq, inson huquqlari, iqtisodiyot, ekologik sohalarda oʻqiyotgan yoki ishlayotgan yosh talabalar, tadbirkorlar va mutaxassislar qatnashishlari mumkin. Dasturning barcha xarajatlari, yaʼni borish va kelish, turar-joy va oziq-ovqat bilan bogʻliq barcha xarajatlar dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi. Qabul jarayoni 2024-yil 28-martgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • Nomzodlar 18-29 yosh oraligʻida boʻlishlari lozim;
  • Ariza topshirish uchun ishtirokchilar OSCE aʼzo davlati fuqarosi boʻlishlari kerak;
  • Dasturga xalqaro munosabatlar, siyosat, huquq, inson huquqlari, iqtisodiyot, ekologik sohalarda oʻqiyotgan yoki ishlayotgan yosh talabalar, tadbirkorlar va mutaxassislar qatnashishlari mumkin;
  • Konferensiya ingliz tilida olib borilgani sababli, ingliz tilini yozma va ogʻzaki darajada kamida B2 va shunga teng darajada bilish talab qilinadi;
  • Ayol nomzodlarning qatnashuvi ragʻbatlantiriladi.

Eslatma! Saralash jarayonida gender tengligi, madaniy, geografik xilma-xillik, nomzodlarning tajriba va kelib chiqishiga alohida ahamiyat beriladi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Gruziyaga borish va kelish yoʻl xarajatlari dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi;
  • Dastur davomida ishtirokchilar bepul turar-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
  • Nomzodlar tadbir davomida tajriba oshirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, oʻz sohalarida xalqaro miqyosda tanishlar orttirish hamda soha mutaxassislaridan tavsiyalar olish imkonini qoʻlga kiritishadi;
  • Nomzodning OSCEdagi ishtiroki uning CV si uchun foydali boʻladi.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish va saralash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Dastur ariza shaklini toʻldirish, berilgan savollarga javob yozib, CV ni pdf formatida yuklash kerak. Soʻng, joʻnatish tugmasi bosiladi;
  • 9 nomzod ikkala tadbirda ham qatnashish uchun tanlanishi mumkin. Ariza topshirayotganda qaysi biriga koʻproq qatnashish istagi borligini yozib qoldirish kerak, ammo ikkalasida ham qatnashish imkoni boʻlishi mumkin;
  • Arizalar 2024-yil 28-martga qadar topshirilishi zarur;
  • Dastur natijalari 2024-yil 20-aprelgacha faqatgina saralab olingan nomzodlarga eʼlon qilinadi, qolganlarga xabar berilmaydi.

Muhim sanalar!

-OSCE Schoolga 20 ishtirokchi saralab olinib, ular 2024-yil 14-iyul kuni konferensiyaga yetib borishadi va 18-iyul kuni qaytib ketishadi.

-Model OSCE Conferencega 25 ishtirokchi saralab olinib, ular 2024-yil 17-iyul kuni konferensiyaga yetib borishadi va 21-iyul kuni qaytib ketishadi.

Dastur ariza shaklini ushbu havola orqali topish mumkin.

Ariza topshirish jarayonida muammolar tugʻilgan taqdirda ushbu havola orqali murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 29

  • Jins

    Erkak, Ayol

Gruziya Turli soha vakillari uchun Gruziyada barcha xarajatlari qoplanadigan OSCE school va Model OSCE Conference dasturi
27 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.