Tavsif
Gruziyaning “Touch Platform” kompaniyasi Gollandiyaning “Acrobator VC” va “Crosspring” fondlari bilan birgalikda IT Park Oʻzbekiston axborot koʻmagida €1 milliongacha investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini beruvchi “Touch Summit Startup Challenge” tanlovi boshlanganini eʼlon qiladi.
“Startup Challenge” 7-8 dekabr kunlari Tbilisida boʻlib oʻtadigan, Kavkaz mintaqasi texnologik hamjamiyatidagi eng yirik tadbirlardan biri boʻlgan “Touch Summit” konferensiyasi doirasida boʻlib oʻtadi.
“Touch Summit Startup Challenge” da ishtirok etish uchun butun dunyo boʻylab B2B (yoki B2C) sohalarida faoliyat yuritadigan va turli sohalarda (kiberxavfsizlik, moliyaviy texnologiyalar, infratuzilma, sintetik ommaviy axborot vositalari va katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash) sunʼiy intellekt va mashinali oʻqitish boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan startaplar taklif etiladi. Dasturning dastlabki bosqichida 10 ta loyiha saralab olinadi, final bosqichida esa uch nafar nomzod tanlab olinib, asosiy sahnada keng auditoriya oldida chiqish qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.