Tavsif
The One Future Conference 2026 bu 2026-yilning 25-28-iyun kunlari xalqaro yetakchilar, talabalar, yosh mutaxassislar, yaratuvchilar, siyosatshunoslar va innovatorlar uchun Kanadaning Toronto shahrida oʻtkaziladigan xalqaro konferensiya hisoblanadi. 4 kun davom etadigan ushbu konferensiyada ishtirokchilar sunʼiy intellekt va global boshqaruvdan tortib inson huquqlari, texnologiya & innovatsiya, kontent yaratish, kriptovalyuta, Fintech va ish kelajagigacha boʻlgan mavzularda interaktiv yigʻilishlar, uchrashuvlar, xalqaro darajadagi maʼruzachilar va sanoatni oʻzgartiruvchilar bilan aloqa oʻrnatish orqali dunyo kelajagi haqida tushunchalarga ega boʻlishadi. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 17-50 yosh oraligʻida boʻlishi lozim. Ingliz tilini bilish sertifikati talab qilinmaydi.
Konferensiya quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi:
- Ish va yetakchilik kelajagi (The Future of Work & Leadership);
- SI, etika va global boshqaruv (AI, Ethics, and Global Governance);
- Kriptovalyuta & Moliyaviy innovatsiya (Cryptocurrency & Financial Innovation)
- Raqamli texnologiyalar davrida inson huquqlari (Human Rights in the Digital Age);
- Texnologiya, yaratuvchanlik va kontent yaratish (Technology, Creativity, and Content Creation)
- Iqlim harakatlari, tenglik va global qamrab olinganlik (Climate Action, Equity & Global Inclusion).
Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilar bir marta ariza topshirishadi va ular koʻrib chiqilib, 25 ta nomzod toʻliq hamda 25 ta nomzod qisman moliyalashtiriladi. Shuningdek, konferensiyada qatnashish uchun “Conference Pass” ($799), “Student Pass” ($599) hamda Visa Invitation Package ($259) taʼriflari ham mavjud. Dasturga ariza topshirish jarayoni 2026-yil 20-fevralgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.