“UK Colored Pencil Society” fondining Londonda boʻlib oʻtadigan rangli quruq qalamlar bilan chizilgan rasmlar koʻrgazmasi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
30 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

“UK Colored Pencil Society” fondining Londonda boʻlib oʻtadigan rangli quruq qalamlar bilan chizilgan rasmlar koʻrgazmasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

2021-yil 14-oktyabrdan 24-oktyabrgacha “UK Colored Pencil Society” har yili oʻtkazib kelayotgan tanlovning 20-gala koʻrgazmasi London shahridagi Bargehouse, Oxo Tower Wharf galereyasida boʻlib oʻtadi. Tanlovda 18 yoshdan oshgan barcha havaskor va professional rassomlar oʻzlarining mualliflik ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning asosiy maqsadi rassomchilik sanʼatida rangli qalamlardan foydalanishni keng targʻib qilish va tabiiylikka eʼtibor qaratish. Topshirilayotgan ishlarning ham kamida 50% i rangli quruq tabiiy qalamda chizilgan boʻlishi talab etiladi. Koʻrgazma davomida pul mukofoti yutish va chizgan asarlaringizni namoyish etib sotish imkoniyati mavjud.

Mukofotlar:

  • Eng yaxshi surat uchun — £ 1000 funt-sterling
  • Ikkinchi oʻrin uchun — £ 500 funt-sterling
  • Eng yaxshi sof rangli qalam chizilgan surat uchun — Prezident mukofoti
  • Pat Xeffer mukofoti
  • Amerikaning rangli qalam jamiyati maxsus mukofoti — $500 dollar
  • Xalq tanlovi
  • Va boshqa mukofotlar

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovga barcha 18 yoshdan oshgan havaskor va professional rassomlar oʻzlarining mualliflik asarlarini topshirishlari mumkin;
     
  • Topshiriladigan suratlarning kamida 50% i quruq rangli qalamda chizilgan va hajmi 1Mb dan 5Mb gacha jpg yoki png formatda boʻlishi lozim;
     
  • Oldingi UKCPS yoki Keswik koʻrgazmasida namoyish etilgan ishlar qabul qilinmaydi.
     
  • Rasmlarga qoʻyilgan talablar bilan shu link orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

Mukofotlar:

  • Eng yaxshi surat uchun 1000 funt-sterling;
  • Ikkinchi oʻrin uchun 500 funt-sterling;
  • Eng yaxshi sof rangli qalam chizilgan surat uchun Prezident mukofoti;
  • Pat Xeffer mukofoti;
  • Amerikaning rangli qalam jamiyati maxsus mukofoti $500 dollar;
  • Xalq tanlovi;
  • Va boshqa mukofotlar.

Topshirish jarayoni

  • Ushbu link orqali roʻyxatdan oʻtasiz;
     
  • Koʻrgazmaga istalgancha rasmlaringizdan yuborishingiz mumkin,1-rasmni yuborish bepul qolganlari uchun ariza shaklini toʻldirayotganingda 15 funt-sterlingdan toʻlashingiz kerak; Aʼzoligi boʻlmaganlar uchun 25 funt-sterling, talabalar uchun 10 funt-sterling (bu holatda talabalik guvohnomalarini koʻrsatishlari kerak);
     
  • Tanlovga ariza qabul qilish 31-iyul 2021-yil yakunlanadi;
     
  • Saralab olingan rasmlar 12-oktyabrgacha galereyaga yetkazilishi kerak;
    Eslatma: Rasmlarni galereyaga yetkazish xarajatlari muallif tomonidan amalga oshirilishi shart.
     
  • 14-24 oktyabr kunlari koʻrgazma namoyish etiladi. Rasmlarni yuborayotganda ularga ism familiyangizni va rasm narxini ham kiritib oʻting. Rasm galereyada siz kiritgan narx bilan sotiladi;
     
  • Koʻrgazma 24-oktyabrgacha davom etadi va 25-oktyabr kuni sotilmay qolgan asarlar yigʻishtirib olinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Koʻrgazma tugaganidan soʻng sotilmay qolgan rasmlar 25-oktyabrda olib ketilishi kerak, undan keyingi har bir kun uchun 5 funt-sterlingdan toʻlashingiz talab etiladi;
     
  • Sotilgan rasmlardan tushgan pul miqdorining 40 % i koʻrgazma hisobiga oʻtkaziladi;
     
  • Qoʻshimcha savollar uchun: exhib2021@ukcps.org.uk.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

Buyuk Britaniya “UK Colored Pencil Society” fondining Londonda boʻlib oʻtadigan rangli quruq qalamlar bilan chizilgan rasmlar koʻrgazmasi
30 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.