Umumiy jamg'armasi 2 million dollar bo'lgan “Oʻzbekiston-Vengriya startap loyihalar” tanlovi

Umumiy jamg'armasi 2 million dollar bo'lgan “Oʻzbekiston-Vengriya startap loyihalar” tanlovi

  • 05/01/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 31.07.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

“Oʻzbekiston-Vengriya startap loyihalar” tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Mazkur tanlov Vengriya bilan hamkorlikda bo'lib o'tadi. Dasturga loyihalar qabuli 5-yanvardan 1-iyungacha deb eʼlon qilingan edi, lekin keyinchalik bu muddat 31-iyulning oxiriga qadar uzaytirildi.

Dasturga jami 2 million dollar pul mablagʻi ajratilgan hamda har bir nomzod faqatgina bitta startap loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dastur boʻyicha startap loyihalarni qabul qilish uchun quyidagi shartlar mavjud:

  • Arizalar 5 yanvardan 31 iyulgacha topshirilishi kerak;
  • 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi zarur;
  • Startap loyihalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng koʻp muddati 1 yildan oshmasligi lozim;

Quyidagi hollarda nomzodlar loyihalari tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:

  • Loyihaning Vengriya tomonidan ishtirokchisi haqida maʼlumot yoʻqligi;
  • Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
  • Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
  • Startap loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻni binolarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-qurilish ishlariga, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.

Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Nomzodlarda startap loyihalarini amalga oshirish imkoni boʻladi;
  • Ishtirokchilarga loyihalarini amalga oshirish uchun mablagʻ ajratiladi;

Eslatma! Tanlovga jami 2 million dollar pul ajratilgan va har bir gʻolibga pul mablagʻi loyihasiga qarab ajratiladi.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Oʻzbekiston-Vengriya startap loyihalar” tanlovi doirasida arizalarni qabul qilish muddati 2022 yil 31 iyulga qadar davom etadi. Avvaliga loyihalar qabuli 1-iyungacha deb eʼlon qilingan edi, lekin keyinchalik yana oʻzgartirildi.

Tanlovga arizalar tomonlar oʻrtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart. Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida uzbekhungarystartup@gmail.com pochtasiga yuborilishi lozim:

  • Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
  • Startap loyiha pasporti;
  • Startap loyiha biznes matni;
  • Xarajatlar smetasi;
  • Loyihaning Vengriya tomonidan ishtirokchisi haqida maʼlumot.

Vengriya tomonida ushbu elektron manzil orqali loyihalar qabul qilinadi.

Eslatma! Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek startap loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi va soʻralgan mablagʻlarning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi. Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi! Tanlovga faqat bitta ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek ekspertiza natijalari boʻyicha bir tomonlama yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi!

Loyihaga baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:

  • Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qoʻllanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot (intellektual mulk obʼekti mavjud boʻlganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat yaratishni koʻzda tutadi;
  • Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
  • Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning toʻliq komplekti, va/yoki koʻzda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot naʼmunasining mavjudligi;
  • Loyihaning investitsion jozibadorligi – qoʻshimcha foyda keltirib, kiritilgan mablagʻlar tavakkalchiligini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion shart-sharoitlar majmuidir. Loyihaning investitsion jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, oʻzini oʻzi qoplashi va rentabelligi bilan belgilanadi;
  • Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy taʼminotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining asoslanganligidir;
  • Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va hokazolar;
  • Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish;

Eslatma! Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlov gʻoliblari borasidagi qarori qatʼiy va qayta koʻrib chiqilmaydi!

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Taqdim etilgan startap loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov gʻoliblari tomonidan startap loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari javobgar hisoblanadilar.

Loyiha haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni hamda tanlovdagi yangi oʻzgarishlarni ushbu havola orqali topish mumkin.

Startap loyihalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216)

Loyiha boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlardan ham topish mumkin:

Oʻzbekiston
Umumiy jamg'armasi 2 million dollar bo'lgan “Oʻzbekiston-Vengriya startap loyihalar” tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar