Tavsif
Wiki Loves Folklore xalqaro fotolar tanlovi hisoblanib, Wikimedia Commons tomonidan dunyoning turli tomonlarida tashkillashtiriladi. Ushbu tanlov 2018-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinadi. Dastur turli davlatlarning xalq ijodini rivojlantirish maqsadida xalq festivallari, xalq raqslari, xalq musiqasi, xalq mashgʻulotlari, xalq oʻyinlari, xalq oshxonasi, xalq kiyimlari, xalq ogʻzaki ijodi va anʼanalari, balladalar, ertaklar, choʻpchaklar, oʻyinlar, afsonalar, anʼanaviy qoʻshiqlar va raqslar, mavsumiy odatlar, mifologiya va shu kabi yoʻnalishlardagi rasmlarni qabul qiladi.
Tanlovga mualliflik huquqiga ega boʻlgan, odob-axloq qoidalariga toʻgʻri keladigan barcha turdagi rasmlar, video yoki audiolarni joʻnatish mumkin. Dasturning birinchi oʻrin gʻolibiga $500, ikkinchi oʻringa $400, uchinchi oʻringa $300 va bundan tashqari qoʻshimcha nominatsiyalar boʻyicha 850 dollar pul mukofoti taqdim etiladi. Tanlovga qabul jarayoni 2023-yil 1-fevraldan 31-martga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.