Tavsif
Global Innovation Challenge 2022 tanlovi dunyo boʻylab yosh liderlarga va tashkilotchilarga ijtimoiy yoki atrof-muhit bilan bogʻliq muammolarni yechish uchun oʻzlarining gʻoyalarini tatbiq etish, amalga oshirish va kengaytirishda yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Dastur ishtirokchilar va ularning jamiyatga eng koʻp foydasi tegadigan kreativ gʻoyalar, loyihalar va muammolarga biznes yechimlarni taklif qiluvchi ishtirokchilarni qidirmoqda.
Dasturda dunyoning istalgan davlatidan 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar taqdim etayotgan gʻoyalar BMTning barqaror rivojlanish dasturidan kamida biriga mos kelishi zarur. Dasturning final bosqichida 3 yoʻnalish boʻyicha 3 ta gʻolib saralab olinadi va ularning har biriga $10,000 dan mukofot puli ajratiladi. Shuningdek, dastur ishtirokchilari ham boshqa koʻplab imkoniyatlarni qoʻlga kiritishadi hamda elektron ordenlar va sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Tanlovga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2022-yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Tanlov broshyurasi bilan esa bu yerda tanishish mumkin.