Tavsif
Yoshlar akademiyasi tomonidan kreativ videorolik yaratishga qiziquvchi yoshlar uchun “Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar koʻrik-tanloviga start berildi.
“Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar koʻrik-tanlovi – mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga davlat eʼtiborini yanada kuchaytirish maqsadida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov.
“Ilm innovatsiya va taraqqiyot” videoroliklar koʻrik-tanloviga 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlagan videoroliklar boʻyicha arizalar qabul qilinadi.
Tanlov 3 yoʻnalishda olib boriladi:
- Buyuk ajdodlar merosi;
- Innovatsion texnologiyalar;
- Eng kreativ animatsion rolik.
Har bir yoʻnalish boʻyicha 3 ta eng yuqori oʻrin gʻoliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.