Tavsif
Yandex cup 24 dasturchilar uchun onlayn tanlovni eʼlon qiladi. Tanlovda ishtirok etish orqali nomzodlar iqtidorlarini boshqa dasturchilar bilan solishtirish hamda oʻzlarining qobiliyatlarini Yandex maʼmuriyatiga namoyon qilish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi. Bundan tashqari har bir ishtirokchi Yandex tashkilotchilari tomonidan tuzilgan original topshiriqlarni ishlab koʻrish orqali tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dasturda 18 yoshdan kichik boʻlmagan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Tanlоvning faqatgina Analitika (Analiytics) yо'nalishida 14 yоshdan katta barcha davlat fuqarоlari qatnashishi mumkin.
Tanlovda quyidagi 6 yoʻnalish boʻyicha ishtirok etish mumkin:
- Front-end;
- Back-end;
- Mobil rivojlanish (Mobile development);
- Analitika (Analiytics);
- Algoritm (Algorithm);
- Mashinaviy oʻqitish (Machine learning).
Tanlovning oxirgi, yaʼni final bosqichida faqatgina bitta yoʻnalish boʻyicha ishtirok etish mumkin. Dastur gʻoliblari uchun jami 12,500,000 rubl mukofot puli ajratilgan boʻlib, ushbu mablagʻ mavjud 6 yoʻnalish gʻoliblariga boʻlib beriladi. Har bir yoʻnalishdagi har bir oʻrin sohiblariga tegishli mukofot puli taqdim etiladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.