Tavsif
2023-yilning 1-iyul kunidan boshlab “mGovAward” davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha respublika tanlovining uchinchi to‘lqinining start berildi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va BAA hukumati hamkorligida tashkil etiladi.
Loyiha talabalarni yangi texnologiyalarni joriy etishga va fuqarolar hayotini yaxshilashga yordam beradigan yangi g‘oyalarni o‘zlashtirishga jalb etishga qaratilgan. Tanlovda O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, umumta’lim va o‘rta maxsus maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok etish uchun 3 daqiqalik video va mobil ilovaning ishlaydigan MVP-ni taqdim etish kerak.
Ishtirok doirasida tanlov qatnashchilari sakkizta yo‘nalishdan birida davlat sektori uchun mobil ilovani ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi. Xususan:
- transport va logistika;
- ma’lumotlarga asoslangan qarorlar;
- ta’lim;
- tadbirkorlik;
- inson resurslari va farovonlik;
- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- turizm.
Loyihaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiladi va uchta eng yaxshi loyiha ragʻbatlantiriladi.
Tanlov davomida ishtirokchilarga o‘z mobil ilovalarini yanada yaxshilash uchun mentorlar yordam berishadi, seminarlar tashkil etilib tanlagan sohalari bo‘yicha mutaxassislardan yordam olishadi.
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali o'qish mumkin.