Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi 150 000 000 so'm grant mablag'lari va venchur jamg'armalarning $8.5 mln. dollar investitsiya mablag'laridan tashkil topgan "Unicorns" startap tanlovining 3-mavsumiga start beradi.
Loyihaning gʻoya yoki minimal mahsuloti (MVP) bosqichidan tortib to yakuniy bosqichigacha boʻlishidan qatʼi nazar, tanlovda 18 yoshdan 30 oshgacha boʻlgan barcha tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, ixtirochilar, oliy taʼlim muassasalarining talabalari va professor-oʻqituvchilari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 150 000 000 soʻm (bir yuz ellik million soʻm) grant mablagʻlarini tashkil qiladi (Samarqand viloyatidan 5 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 5 nafar va Toshkent viloyatidan 5 nafar jami 15 nafar gʻolibga 10 000 000 soʻm (oʻn million soʻm) dan) va Respublika boʻylab startap egalari venchur jamgʻarmalar tomonidan $100 000 dollargacha boʻlgan investitsiya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi (agar loyiha investorlarga maʼqul kelsa (bozor qoidalariga asosan)).
Tanlov 3 bosqichda o'tkaziladi: 1. Ariza topshirish va saralash. 2. Akkseliartsiya dasturi. 3. Top 60 ta startapni saralash uchun taqdimot jarayoni.
. “Unicorns” tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi yoʻnalishlarda innovatsion texnologiyalarni yaratishga qaratilgan loyihalar taklif etiladi:
- IT-ishlanmalar;
- FinTech va Moliyaviy xizmatlar;
- Turizm;
- BuildTech (Arxitektura) va Uy-joy kommunal xoʻjaligi
- Korxonalarning davlat xizmatlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
- AgroTech va FoodTech (Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati);
- Energiya, tejamkorlik va portativ energiya manbalari;
- Avtonom va robotli tizimlar;
- Tibbiyot, farmakologiya va biotexnologiyalar;
- Transport va logistika xizmati;
- Tadbirkorlik va xizmat koʻrsatish, smart retail;
- EdTech, HRTech, xarid faoliyati;
- AdTech va AI reklama;
- Media, oʻyinlar xizmati;
- Xavfsizlik, biometriya, kompyuter koʻrish (kompyuternoye zreniye);
- Ijtimoiy texnologiyalar (ekologiya, sport, shahar muhiti);
- Virtuallik, qoʻshilgan va aralashgan reallik;
- Umumiy isteʼmol/foydalanish;
Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.