Umumiy sovrin jamgʻarmasi $10,000 dollarlik “Climate Science 2021” Olimpiadasi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
30 Avg, 2021 · Muddat tugagan

Umumiy sovrin jamgʻarmasi $10,000 dollarlik “Climate Science 2021” Olimpiadasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

ClimateScience bu — butun dunyo boʻylab 100,000 odamlarga iqlim oʻzgarishiga qarshi yechimlar toʻgʻrisida taʼlim manbalarini yaratayotgan xayriya tashkiloti. Ushbu tanlovga 2021-yil yanvar-sentyabr oylari mobaynida ariza topshirishingiz mumkin. Tanlovda butun dunyo boʻylab iqlim oʻzgarishini oldini olish boʻyicha izlanish olib borayotgan 14 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz yechimlari bilan individual yoki jamoaviy tarzda qatnashishlari mumkin. Tanlovga arizalar 31-avgustga qadar qabul qilinadi.

Dastlab saralash bosqichida javob berish uchun 3 ta muammoli vaziyat beriladi. Tayyorlanib olishingiz uchun mavzular tanlovdan 10 kun oldin eʼlon qilinadi. Ammo, aynan qaysi mavzuning yechimini topishingiz tanlov kuni eʼlon qilinadi.

Tanlov kunida tanlangan mavzu boʻyicha tadqiqot qilib savollarga javob berib insho yozishingiz uchun 3 soat vaqt beriladi. Izlanish qilish va insho yozish uchun internetdan foydalanishga ruxsat beriladi. Tanlovning barcha ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

Gʻolib boʻlgan eng yaxshi 3 ta jamoaga mos ravishda $500 dollar, $300 dollar va $ 200 dollar dan beriladi. G'oliblar jamoa boʻlib qatnashgan boʻlsalar mukofot puli ular orasida teng taqsimlanadi.

Pandemiya holati yaxshilansa finalistlar shaxsan uchrashadilar va 2021-yil 1-12-noyabr kunlari Glazgoda boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim Sammitining (COP-26) “Yashil zonasi” da qatnashadilar.

Tanlov haqida batafsil manbalar bilan tanishib chiqing:

Tanlov shartlari haqida bu yerda;
Namunaviy savollarga javob bu yerda;
Ishtirokchilar uchun maslahatlar bu yerda.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Millati va yashash joyidan qatʼiy nazar 14-17 va 18-25 yoshdagilar individual yoki jamoa boʻlib qatnashishlari mumkin;
     
  • Jamoa boʻlib qatnashayotganingizda har bir jamoa aʼzosi bir xil yosh kategoriyasida yaʼni 14-17 yoki 18-25 yosh boʻlishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Gʻolib boʻlgan eng yaxshi 3 ta jamoaga mos ravishda $500 dollar, $300 dollar va $ 200 dollar dan beriladi. G'oliblar jamoa boʻlib qatnashgan boʻlsalar mukofot puli ular orasida teng taqsimlanadi;
     
  • Pandemiya holati yaxshilansa finalistlar shaxsan uchrashadilar va 2021-yil 1-12-noyabr kunlari Glazgoda boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim Sammitining “Yashil zonasi” da qatnashadilar.

Topshirish jarayoni

  1. Saytda roʻyxatdan oʻtish.
    • Ishtirokchilar uchun batafsil bu yerda tanishing;
    • Maktab va universitet ishtirokchilari uchun batafsil bu yerda;
    • Saralash bosqichidan oʻtganingizdan soʻng bu yerda tanishing.
  2. Ishtirokchilarning atigi 5% i yarim finalga qabul qilinishadi, shu sababli yaxshi tayyorgarlik koʻrishingiz soʻraladi. Bu jarayonda ClimateScience kurslarini koʻrib batafsil maʼlumot oling va mobil ilovadan foydalanib savollarga javob bering.
  3. Yarim finalga qabul qilinganlar ClimateScience jamoasi tomonidan tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlariga taklif qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14

Buyuk Britaniya Umumiy sovrin jamgʻarmasi $10,000 dollarlik “Climate Science 2021” Olimpiadasi
30 Avg, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.