Umumiy sovrin jamg‘armasi $20000 bo‘lgan “IT  Park Cup”  dasturlash chempionati
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Umumiy sovrin jamg‘armasi $20000 bo‘lgan “IT Park Cup” dasturlash chempionati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida IT Park tashabbusi orqali “Dubai Future Foundation” bilan hamkorlikda sport dasturlash va sunʼiy intellekt boʻyicha ushbu sohalarda yuqori bilim va tajribalarga ega nomzodlar uchun “IT Park Cup” chempionati tashkil etilmoqda. 

Sovrinning umumiy miqdori $ 20 000 ni tashkil etadi. Tanlov ikki yo‘nalish: sport dasturlashi va sun’iy intellekt bo'yicha o'tkazilib, har bir yo‘nalishdan 1 tadan ishtirokchi birinchi va ikkinchi o'rin uchun, jami 4 nafar g‘olib aniqlanadi. 

Ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari, balki butun mamlakat bo‘ylab o‘z mahoratlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • 16-30 yosh oralig‘ida bo‘lgan barcha ishtirok etishi mumkin;
  • “One Million Uzbek Coders” onlayn kurslaridan birini muvaffaqiyatli tamomlaganlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

Ushbu havola orqali dastur bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovning har bir yo‘nalishi: sport dasturlashi va sun’iy intellekt bo‘yicha 1 tadan ishtirokchi birinchi va ikkinchi o'rin uchun, jami 4 nafar g‘olib aniqlanadi:

  • 1-o’rin – $6500;
  • 2-o‘rin –$3500 pul mukofoti ajratiladi.

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
  • G‘oliblar ikki bosqichda – saralash (onlayn) va yakuniy (oflayn) bosqichlarda aniqlanadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Tel:: +998 71 209 11 99 

Email: info@it-park.uz

 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Umumiy sovrin jamg‘armasi $20000 bo‘lgan “IT Park Cup” dasturlash chempionati
30 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.