Tavsif
Shayx Hamdan Bin Muhammad Al Maktum tomonidan asos solingan Hamdan xalqaro fotosuratlar tanlovi 2021-2022-yil uchun yangi tanlovni eʼlon qildi. Bu yilgi tanlovga asosan tabiat mavzusidagi suratlar qabul qilinadi, tanlovning umumiy sovrin jamgʻarmasi 450,000 dollarni tashkil etadi, yaʼni gʻoliblar ichida toifalariga qarab boʻlinadi. Har bir yoʻnalish boʻyicha 5 ta eng yaxshi ish muallifi taqdirlanadi.
Yoʻnalishlar:
- Portfel rasmlar
- Umumiy rasmlar (bu oq va qora rasmlar, rangli rasmlarni oʻz ichiga oladi)
- Portret rasmlar
Mukofotlar miqdori:
- ʼThe Photography Appreciation Awardʼ (Eng yaxshi deb topilgan fotosurat uchun) — 20 000$;
- ʼThe Photography Content Creator Awardʼ (Eng yaxshi kontent yaratgan fotosurat muallifi uchun) — 15 000$;
- The ʼEmerging Person/Organisation in Photography Awardʼ (Fotograflik jamiyatiga katta hissa qoʻshgan eng yaxshi shaxs/tashkilot uchun) — 10 000$.
Har bir yo‘nalish va o‘rinlariga qarab beriladigan mukofotlar haqida batafsil bu yerdan ma'lumot olish mumkin.
Eslatma: Suratlar ingliz va arab tilida qabul qilinadi. Ushbu tanlovda oldin qatnashgan, lekin g'olib bo‘lmagan fotograflar ushbu mavsumda yana qatnashishlari mumkin.