Tavsif
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" onlayn tanlovini eʼlon qiladi.
“Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi yakka tartibdagi musobaqa boʻlib, unda ishtirokchilar belgilangan vaqt doirasida o’zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi haqida beriladigan test savollariga javob berish boʻyicha musobaqalashadi. Turnir davomida ishtirokchilarning maqsadi raqiblarga qaraganda koʻproq savollarga javob berishdir.
Tanlov haqida batafsil tanlov nizomida o'qish mumkin.