Tavsif
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi dasturchilik sohasini oʻrganayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida sovrin jamgʻarmasi 53 million soʻmlik “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovi taqdim etiladi.
Ushbu tanlov talaba va oʻquvchilar oʻrtasida dasturchilik sohasidagi amaliy vazifalarga yechimni topishida, real masalalarni koʻrib chiqib koʻnikmalarini oshirish va ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Dastlabki bosqich 25-30-noyabr kunlari tashkil etiladi. Keyingi bosqichlarning oʻtkazilish muddati Respublika tashkiliy ishchi guruhi tomonidan belgilanadi.
Tanlov gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov kasbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida 2 bosqichda oʻtkaziladi:
- 1-bosqich (guruhlararo bosqich) dekabr oyining birinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi va ishtirokchilar yakka tartibda qatnashadi.
- 2-yakuniy bosqich taʼlim muassasasi bosqichi dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida taʼlim muassasasida oʻtkaziladi.
Tanlov oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 3 bosqichda oʻtkaziladi:
- 1-fakultetlararo saralash bosqich (oliy taʼlim muassasalari oʻzi saralab beradi);
- 2-hududiy saralash bosqichi (robocontest.uz tizimida ishtirokchilar onlayn yakka tartibda qatnashadi);
- 3-yakuniy respublika bosqichi (robocontest.uz tizimida oflayn yakka tartibda oʻtkaziladi).
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.