Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkaziladi.
Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:
1️-bosqich – test sinovlari:
- umumtaʼlim maktab, akademik litsey va texnikum oʻquvchilari uchun – 26-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
- huquqshunoslar va oliy taʼlim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha oʻqiyotgan talabalar uchun – 27-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
- boshqa barcha fuqarolar uchun – 28-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
2️-bosqich – suhbat.
Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi. Test sinovi 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari koʻrib chiqiladi.
Baholash natijasiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga oʻtadi.
Ikkinchi bosqich (suhbat) 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.
Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.