Tavsif
YUNESKO kreativ iqtisodiyot Xalqaro mukofoti uchun tanlov e’lon qildi.
Mukofot har ikki yilda ijodkor iqtisodiyot sohasidagi tadbirkorlikni targ‘ib etuvchi ilg‘or tajribalarni qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilaldi. Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollariga teng.
Ijodkor iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan va iqtisodiyotda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi innovasion tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, davlat organlari, tashkilotlar, tuzilmalar va nodavlat tashkilotlar (NNT) tanlovda ishtirok etishlari mumkin.