UNITED: Summer Exchange Program — istalgan yoʻnalish boʻyicha oʻzbekistonlik bakalavrlar uchun AQShda toʻliq moliyalashtiriladigan yozgi almashinuv dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
31 Yan, 2023 · Muddat tugagan

UNITED: Summer Exchange Program — istalgan yoʻnalish boʻyicha oʻzbekistonlik bakalavrlar uchun AQShda toʻliq moliyalashtiriladigan yozgi almashinuv dasturi

Almashinuv dasturi To'liq moliyalash

Tavsif

UNITED: Summer Exchange Program — Oʻzbekistondagi bakalavriat talabalari uchun AQShning Indiana shtati, Mansi shahridagi Ball State universiteti (BDU)da 21 kunlik yozgi almashinuv dasturi.

Dastur AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi va 2023-yil 14-iyun — 6-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekistonlik 15 nafar talaba topshirgan arizasi va virtual intervyu orqali tanlab olinadi.

Almashinuv dasturining maqsadi fuqarolik tushunchasini yaxshilash hamda AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasida mustahkam munosabatlar oʻrnatishga qaratilgan ajoyib oʻrganish imkoniyati va tajribasini taqdim etishdir.

Fuqarolik , hukumat va professional rivojlanish boʻyicha interaktiv seminarlar va tadbirlar orqali BDU professor-oʻqituvchilari talabalarni sinfdagi bilimlarini oʻz jamiyatiga foyda keltiradigan va kasbiy maqsadlarini ilgari suradigan loyihalarda qoʻllashi uchun yordam beradilar. UNITED almashinuv dasturi davomida paydo boʻlgan gʻoyalar asosida AQSh yoshlar tashkilotlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ustida ish olib boriladi.

Dastur haqida batafsil rasmiy eʼlon orqali tanishib chiqish mumkin.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish talablari:

  • 18-24 yoshdagi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan;
  • hozirda Oʻzbekistonda toʻrt yillik institut yoki universitetda tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.
  • Dastur toʻliq ingliz tilida olib borilganligi sababli nomzodlardan (yozma va ogʻzaki) ingliz tilini yaxshi bilishi talab etiladi.
  • Nomzodlar UNITED loyihasining missiyasini davom ettirishga qiziqishi va undan manfaatdor boʻlishi lozim.

Dastur talablari bilan batafsil rasmiy eʼlon orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Barcha dastur xarajatlari AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi, jumladan:

  • xalqaro aviachiptalar;
  • turar joy;
  • ovqatlanish xarajatlari.

Dasturni va keyingi baholash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan barcha ishtirokchilar Bitiruv sertifikatlariga ega boʻlishadi.

Topshirish jarayoni

  1. Onlayn ariza toʻldiriladi.
  2. Arizaga koʻra saralangan nomzodlar virtual intervyuga taklif etiladi.

Onlayn arizada quyidagilar soʻraladi:

  • 1-2 sahifadan iborat insho. Inshoda nomzod nima sababdan dasturda ishtirok etishni xohlashi va dasturdan qanday manfaat olishi mumkinligini yoritib berishi lozim.
  • 1ta tavsiyanoma.

Muhim: barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: djroof@bsu.edu.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 24

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh UNITED: Summer Exchange Program — istalgan yoʻnalish boʻyicha oʻzbekistonlik bakalavrlar uchun AQShda toʻliq moliyalashtiriladigan yozgi almashinuv dasturi
31 Yan, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.