Tavsif
Yandex kompaniyasi 2022-yil mart oyida boshlanadigan Axborot Xavfsizligi maktabi uchun ishtirokchilarni qabul qilmoqda. Maktabda taʼlim olish bepul. Universitetda 4-kurs talabalari ham, tajribali mutaxassislar ham ariza berishlari mumkin.
Maktab dasturi bir yarim oyga moʻljallangan. Dastur 2 bosqichdan iborat:
- Onlayn maʼruzalar;
- Yandexning Moskvadagi ofisida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlar.
Boshqa shaharlardan kelgan talabalar uchun amaliy mashgʻulotlarda qatnashish uchun yoʻl va turar-joy xarajatlarini Yandex kompaniyasi qoplaydi
Ishtirokchilar Yandex mutaxassislaridan infratuzilma va mahsulot xavfsizligi boʻyicha maʼruzalarda ishtirok etishadi va ularga uy vazifa sifatida topshiriqlar beriladi.
Maktab dasturi quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi:
- Xavfsiz ilovalarni ishlab chiqish;
- Xavfsiz tarmoq va server infratuzilmasini yaratish;
- Bulutli platforma xavfsizligi,
- Yirik korporatsiyalardagi xavfsizlikka oid hodisalarni aniqlash va tekshirish.
Yandex Akademiyasi ushbu loyihani 2018-yildan buyon yangi mutaxassislarni tayyorlash va ularga kompaniya amaliyotidan real vaziyatlar orqali axborot xavfsizligini chuqurroq oʻrganishi uchun davom ettirmoqda. Birinchi maktab materiallari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maktab dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy eʼlon orqali tanishib chiqish mumkin.