Tavsif
Dubai Business Associates(DBA) Program - iqtidorli va intiluvchan universitet bitiruvchilariga Dubayda xalqaro biznes sohasi boʻyicha oʻqish va oʻzlarining biznes faoliyatini olib borish imkoniyatini taklif etuvchi oʻquv dasturi. Dastur turli mamlakat va millatlardan boʻlgan yoshlarni biznes sohasidagi yetakchi mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilgan.
Dastur 9 oy davom etadi hamda akademik oʻquv modullari va 2 ta amaliy mashgʻulotlarini oʻz ichiga oladi. Akademik modullar biznes olamida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va vositalar toʻplamini taqdim etadi, shu bilan birga amaliy mashgʻulotlar ishtirokchilarga yirik biznes markazlaridan biri Dubay shahrida ishlash muhiti qanday ekanligi haqida kengroq tushunchaga ega boʻlishida yordam beradi. Dastur oʻquv fanlari va davomiyligi haqida batafsil “timeline” boʻlimi orqali tanishib chiqish mumkin.
Dastur davomida ishtirokchilar:
- Sanoat rahbarlari va bosh direktorlar bilan mahorat darslari;
- Malaka oshirish boʻyicha treninglar;
- Madaniy tadbirlar va ekskursiyalarda qatnashadilar. Shuningdek, ishtirokchilar uchun kasbiy va hayot murabbiylari tayinlanadi(a career coach and a life coach).
Qabul qilinadigan ishtirokchilar soni har yili oʻzgarib turadi lekin 40 kishidan oshmaydi.
Dastur haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.