Tavsif
ServiceScape Scholarship insholar tanlovi AQShning ServiceScape tashkilot tomonidan tashkillashtirilgan boʻlib, ushbu tanlovda 18 yosh va undan yuqori boʻlgan 2023-yilda oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshiruvchi oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda “How does writing impact today's world?” (“Yozish bugungi dunyoga qanday ta'sir ko'rsatadi?”) mavzusida ingliz tilida 300 soʻzdan oshmagan insho yozish talab etiladi.
Ushbu tanlov har yili oʻtkazib kelinadi. Tanlovning avvalgi mavsum gʻoliblari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Gʻoliblarni saralab olishda insho sifatiga ahamiyat beriladi va tanlov gʻolibi pul mukofot bilan taqdirlanadi.