UZINFOCOM tomonidan IT sohasida tajribaga ega boʻlishni istagan ayol-qizlar uchun intensiv amaliyot dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
13 May, 2025 · Muddat tugagan

UZINFOCOM tomonidan IT sohasida tajribaga ega boʻlishni istagan ayol-qizlar uchun intensiv amaliyot dasturi

Amaliyot Bepul ishtirok

Tavsif

UZINFOCOM tomonidan IT sohasida tajribaga ega boʻlishni istagan ayol-qizlar uchun intensiv amaliyot dasturi eʼlon qilinadi. Dastur 2,5 oy davomida haftasiga 5 kun oflayn formatda oʻtkaziladi. Amaliyot Toshkent markazidagi IT parkning zamonaviy ofisda olib borilishi rejalashtirilgan.

Dasturdan maqsad IT sohasida faoliyat olib borishni orzu qilgan ayol-qizlarga texnologiyalar markazida — aynan UZINFOCOM kompaniyasida tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etiladi.

Quyidagi yoʻnalishlarda amaliyot oʻtash mumkin:

  • Frontend (React);
  • Backend (Java / Python);
  • QA (test qilish);
  • IT-yurist;
  • Biznes-analitik;
  • Data Annotator.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • IT sohasiga qiziqqan talaba va bitiruvchi ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
  • Dasturda oflayn shaklda toʻliq ishtirok etish talab qilinadi;
  • Tegishli yoʻnalish boʻyicha bilim va tajribaga ega boʻlish afzal koʻriladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Yetakchi IT-kompaniya ish muhiti bilan tanishish;
  • UZINFOCOM ning ilgʻor loyihalarida haqiqiy tajriba oʻtash;
  • Eng yaxshi mutaxassislardan mentorlik darslari olish;
  • Networking, rivojlanish va jamoada qolish uchun haqiqiy imkoniyat.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Taʼlim muassasasi va mutaxassislik;
  • Asosiy qiziqish yoʻnalishi;
  • Ish tajribasi (Qayerda va kim sifatida ishlagani haqida qisqacha);
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Motivatsion xat;
  • Rezyume (maksimal 10 MB hajmidagi PDF fayl yoki havola: Google Drive, Yandex Disk va boshqalar).

Qo'shimcha ma'lumot

  • Joylar soni cheklanganligi uchun imkon qadar tezroq ariza topshirishlari kerak;
  • Dasturdan muvaffaqiyatli oʻtganlar bilan 10 ish kuni ichida aloqaga chiqishadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston UZINFOCOM tomonidan IT sohasida tajribaga ega boʻlishni istagan ayol-qizlar uchun intensiv amaliyot dasturi
13 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.