Tavsif
UzJobs tashkiloti paxta sanoati va toʻqimachilik sohasida taʼlim olayotgan talabalar uchun Sustainability and Value Added in the Cotton Economy project (Germaniya bilan qo'shma hamkorlik) loyihasida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda ushbu soha boʻyicha eng iqtidorli, yetarli bilim va koʻnikmaga ega yoshlar oʻz tajribalarini yanada oshirish maqsadida ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilingan amaliyotchi talabalar paxta sanoati va toʻqimachilikka oid bilimlarini innovatsion gʻoyalar bilan rivojlantirish, shu bilan birga, keng doiradagi tikuvchilik kompaniyalari, paxta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik assotsiatsiyasi va boshqalari bilan hamkorlik oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻladi. Dasturda xalqaro loyiha boʻlgani bois oʻzbek, rus, ingliz (nemis tili qoʻshimcha) tillarini mukammal bilgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.