Tavsif
Tadbirkorlarga mablag‘ yig‘ish va ishbilarmonlik aloqalari tarmog‘ini yaratish bo‘yicha maslahatlar berish orqali o‘z g‘oyalari va qarashlarini muvaffaqiyatli biznesga aylantirishga yordam beradigan “UzVC” Milliy venchur fondi Britaniyaning Sturgeon Capital venchur fondi bilan birgalikda startaplarga investitsiya kiritish bo‘yicha arizalar qabul qilib boshlaganini e’lon qiladi.
“UzVC” Milliy venchur fondining asosiy vazifalari:
- Venchur investitsiyalar bozorini rivojlantirish;
- Venchur ekosistemasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
- Xususiy sektor va davlat o‘rtasidagi bog‘lovchi agent vazifasini bajarish;
- Biznes inkubatsiya va akseleratsiya tizimini rivojlantirish;
- Venchur kapital bo‘yicha moliyaviy savodxonlikni oshirish.
Startaplar ikki tomonlama kelishuv asosida fondning ulushli ishtirok etish sharti bilan moliyalashtiriladi.
Dastur bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.