Tavsif
Reagan-Fascell Democracy Fellows Program - demokratiya faollari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati rahbarlari hamda butun dunyo olimlariga ma'lum bir mamlakat yoki mintaqada demokratiya bo'yicha mustaqil tadqiqotlar olib borish uchun Vashingtondagi Milliy Demokratiya Jamg'armasida (NED) 5 oy yashash imkoniyatini beruvchi federal moliyalashtirilgan xalqaro dasturdir.
Ushbu dastur doirasida 2 yo’nalish bo’yicha arizalar topshirish mumkin:
Practitioner track - asosan rivojlanayotgan va demokratiyaga intilayotgan yoki demokratik bo'lmagan mamlakatlar amaliyotchilari uchun mo'ljallangan. Amaliyotchi bo'lishga da'vogar bo'lgan talabalar o'z mamlakatlarida demokratiya yoki inson huquqlarini targ'ib qilish bo'yicha katta amaliy tajribaga ega bo'lishlari kutiladi. Amaliy yo’nalishga munosib nomzodlarga inson huquqlari himoyachilari, fuqarolik jamiyati rahbarlari, siyosiy partiyalar arboblari, inson huquqlari bo'yicha advokatlar, deputatlar, kasaba uyushmalari faollari, jurnalistlar va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari kiradi.
Scholarly track – ushbu dastur asosan dunyoning turli burchaklaridan kelgan amaliyotchilar uchun mo'ljallangan bo'lsa-da, Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqa demokratik davlatlarning taniqli olimlari ham ariza berish huquqiga egadirlar. Ilmiy yo’nalish uchun hujjat topshirayotgan nomzodlardan ariza topshirish vaqtida doktorlik (fan nomzodi yoki u bilan teng ilmiy daraja) ga ega bo'lishlari, o'z mutaxassisliklari bo'yicha ilmiy nashrga ega bo’lishlari va ularning hamkorlik loyihasi uchun batafsil tadqiqot rejasini ishlab chiqishlari talab qilinadi. Ilmiy yo’nalishga munosib nomzodlarga kollej va universitet professorlari, tadqiqot markazlari va tahlil markazlari tahlilchilari, yozuvchilar va jamoat ziyolilari misol bo'la oladi.