"Vatan taraqqiyotiga mening hissam" respublika tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Avg, 2023 · Muddat tugagan

"Vatan taraqqiyotiga mening hissam" respublika tanlovi

Bakalavr +1 Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlarda arizalar qabul qilinadi:

  • Arxitektura: interyer va landshaft dizayni;
  • Axborot texnologiyalari: Veb ishlanmalar, Dasturiy taʼminot, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar;
  • Tasviriy va amaliy sanʼat;
  • Adabiyot: nazm va nasr;
  • Milliy maqom va estrada.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovga 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz loyihalari bilan faol ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Tanlovga arizalar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlovning hududiy bosqichi 2023-yilning sentyabr oyi, Respublika bosqichi oktyabr oyida oʻtkaziladi.

Arizalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Batafsil maʼlumotlarni www.marifat-ziyo.uz sayti, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlaridan olish mumkin.

Murojaat uchun telefon: + 99 871 207 57 00

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 15, Max: 30

O‘zbekiston "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" respublika tanlovi
24 Avg, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.