Tavsif
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning Oziq-ovqat va agrosanoat tashkiloti hamda Vengriya hukumati hamkorligida FAO–Hungarian Government Scholarship Programme 2026–2027 grant dasturi tashkil etilgan. Dastur doirasida nomzodlar magistratura bosqichining quyidagi yoʻnalishlardan biriga ariza topshirishlari mumkin boʻladi:
- Master in Agricultural Biotechnology – Hungarian University of Agriculture and Life Sciences, Szent István Campus, Gödöllő;
- Master in Animal Nutrition and Feed Safety Engineering – Hungarian University of Agriculture and Life Sciences, Kaposvár Campus, Kaposvár;
- Master in Plant Protection – University of Debrecen, Faculty of Agricultural and Food Sciences and Environmental Management, Debrecen.
Dasturda bakalavr bosqichining soʻnggi kursida tahsil olayotgan yoki uni tamomlagan, yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega hamda ingliz tilini bilish sertifikatiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin. Dasturga saralab olingan nomzodlarning toʻlov-kontrakt xarajatlari, shuningdek, turar-joy, yashash hamda sogʻliq sugʻurtasi dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi.
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 28-fevralga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.