Vengriyada to'liq moliyalashtiriladigan 3 kunlik forum — Unleashing Human rights Forum 2025
Vengriya Vengriya
12 Sen, 2025 · Muddat tugagan

Vengriyada to'liq moliyalashtiriladigan 3 kunlik forum — Unleashing Human rights Forum 2025

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Vengriyada inson huquqlari boʻyicha taʼlimni rivojlantirishga bagʻishlangan forum — Unleashing Human rights Forum 2025 taqdim etiladi. Dastur Yevropa Kengashining Yoshlar departamenti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi oʻzining nodavlat hamkorlari, jumladan, Yevropa Yoshlar Forumi va Xalqaro Amnistiya bilan birgalikda tashkil qilinmoqda.

Tadbirda 250 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi va ulardan 50 nafari Yevropadan tashqaridagi mamlakatlardan tashrif buyuradi.

Dasturdan asosiy maqsad inson huquqlari boʻyicha taʼlimning holati, yutuqlari va muammolarini ular hamda hamkorlari tomonidan kontseptuallashtirilgan va amaliyotda qoʻllanilgan holatini tanqidiy koʻrib chiqishdan iborat.

Ushbu forum inson huquqlari boʻyicha kelgusi yillar uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishni rejalashtirgan:

  1. Inson huquqlari boʻyicha taʼlim amaliyotini toʻplash, baham koʻrish, aks ettirish va rivojlantirish;
  2. Xalqaro, milliy va mahalliy hamkorlar, rasmiy yoki norasmiy taʼlim sohalari mutaxassislari yoki volontyorlari, davlat muassasalari yoki nodavlat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik muloqotini taʼminlash.

Forum 2025-yilning 9-11-dekabr kunlari Vengriyaning Budapesht shahridagi Yevropa yoshlar markazida va unga yaqin joylarda oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda quyidagi soha vakillari qatnashishi mumkin:
    • Inson huquqlari boʻyicha taʼlim uchun yosh multiplikatorlar, faollar va himoyachilar;
    • Rasmiy va norasmiy sektordagi taʼlim mutaxassislari;
    • Taʼlim va yoshlar siyosati uchun masʼul davlat va jamoat institutlarining vakillari;
    • Fuqarolik va inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha fuqarolik jamiyati tashkilotlarining tashabbuslari va loyihalari, shu jumladan Yevropa Yoshlar Jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan loyihalarida qatnashayotgan yoshlar va yoshlar yetakchilari;
    • Inson huquqlari boʻyicha taʼlimga oid yoshlar dasturining hamkorlari, masalan, Compass oʻquv kurslari tashkilotchilari, Compass va Compasito nashriyoti (milliy tillarda);
    • Inson huquqlari boʻyicha taʼlim sohasida faol xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari;
    • Inson huquqlari boʻyicha taʼlim olish huquqini ilgari surishda faol boʻlganlar va milliy inson huquqlari institutlari vakillari.
  • Ingliz yoki fransuz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim. Chunki barcha tadbirlar ingliz va fransuz tilida sinxron tarjima qilinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Sayohat xarajatlari va viza toʻlovlari qoplanadi (Ishtirokchilar 2025-yil 8-dekabrda yetib kelib, 12-dekabrda joʻnab ketishlari kerak);
  • Barcha ishtirokchilar turarjoy bilan taʼminlanadi (Budapeshtdagi Yevropa yoshlar markazida yoki yaqin atrofdagi mehmonxonada).

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Til bilish darajalari (ingliz, fransuz va boshqalar);
  • Mamlakatining pochta manzili va pochta indeksi;
  • Yashaydigan shahrining pochta manzili;
  • Pochta manzili — koʻcha va raqam;
  • Telefon raqam (mamlakatining kodi kiritilgan holda);
  • Email;
  • Nomzodning maxsus ehtiyoj yoki talablari;
  • Viza uchun yordam kerak yoki kerakmasligi;
  • Yuboruvchi tashkilot yoki muassasa haqida maʼlumotlar;
  • Inson huquqlari haqida loyiha haqida maʼlumotlar;
  • Motivatsion xat.

Eslatma: Arizalarni ingliz va fransuz tilida toʻldirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 13-sentyabr, 2025-yil (02:59);
  • Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlar bu yerda;
  • Tel: +33 (0)3 88 41 20 00.
  • Email: youth.HRE@coe.int.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Vengriya Vengriyada to'liq moliyalashtiriladigan 3 kunlik forum — Unleashing Human rights Forum 2025
12 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.