Tavsif
Hududiy oyliklar — 2023-yilning iyun oyidan noyabr oyiga qadar Oʻzbekiston viloyatlari bilan bogʻliq ensiklopedik ahamiyatga ega istalgan mavzuda, xususan, viloyatlardagi aholi punktlari, tarixiy joylar, shaxsiyatlar va hokazolar haqida yangi maqola yaratish hamda mavjud maqolalarni tahrirlash boʻyicha oʻtkaziladigan qator marafonlardir. Hududiy oyliklar marafonida dunyoning istalgan nuqtasidan ishtirok etish mumkin.
Dasturda maqola yaratish va mavjud maqolalarni tahrirlash qobiliyatiga ega boʻlgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Hududiy oyliklarning har birida mukofot jamgʻarmasi mavjud boʻlib, har bir oylikda 1-oʻrin sohibi 10 million, 2-oʻrin sohibi 5 million, 3-oʻrin sohibi esa 3 million pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.